20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik
Terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazilishini qiyinlashtirib qo‘yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga xavfni keltirib chiqaradigan;
terrorchilikni targ‘ib qilishga yoki oqlashga ko‘maklashadigan;
terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazilayotganda bo‘linmalarning xodimlari to‘g‘risidagi, shuningdek uni o‘tkazishga ko‘maklashayotgan shaxslar to‘g‘risidagi.
21-modda. Terrorchilikka qarshi operasiyaning tugatilishi
Terrorchilik harakatiga chek qo‘yilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga bo‘lgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operasiya tugallangan hisoblanadi.
IV. TERRORChILIK HARAKATI OQIBATIDA YeTKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITASIYASI
22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”) va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining beshinchi bo‘limiga (“Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash”) qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |