Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari


V. TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYoTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI


Download 0.67 Mb.
bet29/55
Sana04.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1328822
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
din niqobi umk 2021

V. TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYoTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI
25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur bo‘lgan shaxslar
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.
Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:
terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;
terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qo‘yishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha ko‘maklashayotgan shaxslar;
ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari, agar ularning himoyalanishini ta’minlash zarurati mazkur shaxslarning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa.
Terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan, terrorizmga qarshi kurashga ko‘maklashayotgan shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolariga, basharti ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, iltimoslariga ko‘ra ularning tashqi qiyofasi, familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ish va yashash joylari terrorizmga qarshi kurash organlari ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘zgartirilishi mumkin.
26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishda halok bo‘lgan taqdirda halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga hamda uning qaramog‘idagi shaxslarga qonunchilikka muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining IV bobiga (“Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari”) qarang.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishda mayib bo‘lgan va bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda qonunchilikka muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining III bobiga (“Nogironlik pensiyalari”) qarang.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkazishda yarador bo‘lgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga olib kelmasa, unga qonunchilikka muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
(26-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Xodimga yetkazilgan zararni qoplash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187—197-moddalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari bilan tartibga solingan.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling