Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Asosiy tushunchalar
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: garovga ushlab turilgan shaxs — qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs; terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat; (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; (2-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi; terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi; terrorchilikka qarshi operasiya — terrorchilik harakatiga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o‘zaro bog‘liq maxsus tadbirlar majmui; terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo‘shlig‘i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operasiya o‘tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar; terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo‘lgan faoliyat; Oldingi tahrirga qarang. terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan stasionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yo‘q qilish, portlatishlar, o‘t qo‘yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo‘rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug‘dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish; (2-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xalqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling