Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. D.t.larning ta’limoti, tarixiy an’analari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan o‘rni va roli turli-tuman bo‘lishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga a’zoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab ko‘ya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o‘z ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy ta’lim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Ba’zi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, o‘quv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va o‘z boshqaruv organlariga ega.
O‘zbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi (1998) qonunida ta’kidlanganidek, O‘zbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O‘zbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. D.t. ro‘yxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va o‘z nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni o‘taydi. D.t. rahbarining tashkilot ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan D.t.larning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular o‘z nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘trisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda to‘xtatiladi. D.t. faoliyatini to‘xtatish haqidagi qaror O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv syexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya ob’yektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini ta’minlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar bo‘lishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling