Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra tarif koyeffisiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga, Markaz rahbariyati va xodimlariga — 4 baravar) miqdorda qo‘llaniladi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son) 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakatimiz dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofotini ta’sis etish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kirisin. Oldingi tahrirga qarang. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Adliya vazirligi bilan birgalikda diniy-ma’rifiy sohada namunali faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy-ma’naviy ishlarda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan soha vakillarini rag‘batlantirish, shu jumladan davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga kiritib borsin. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda) 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: bir hafta muddatda qo‘mita faoliyatini takomillashtirish va uning yangilangan tuzilmasini tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini; Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kirisin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T. Kamilov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling