8.4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |