Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet114/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi.
Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi:

a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish;

b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.

Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz.
Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda foydalangan komponentlardan qurilgan.

Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling