Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet51/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

8.2. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”*. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so’mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsentiga bog’liq bo’lib, uni bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling