8.3. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MV=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan. Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar:
-pul bazasi o’ssa;
- majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;
- tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
Do'stlaringiz bilan baham: |