Dinamikasi va istiqbollari
Metall mineral xom ashyo resurslari
Download 90.55 Kb.
|
O\'zbekistonning kimyo majmuasi va uning rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asl metallar
- Qora metallar
Metall mineral xom ashyo resurslari
Nometall qazilma boyliklar. Metall mineral xom ashyo resurslari, minerallar xom ashyo tarkibiga kirib, sanoatning “noni”, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, xom ashyoga minerallardan tashqari qishloq xo'jaligida, sanoatda qayta ishlash uchun yetishtiriladigan materiallar ham kiradi. Metallning o'zi ham asl metallar, rangli, nodir yoki kam uchraydigan va qora metallarga bo'linadi. Asl metallar. Oltin va kumush ana shunday metallar jumlasiga kiradi. O'zbekistonda 30 dan ortiq tarkibida oltin va kumush mavjud bo'lgan ruda konlari aniqlangan. Rangli va nodir metallar.Rangli va nodir metallar, ular jumlasiga mis, qalay, qo'rg'oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom ashyosi, alunitlar, kaolinlar, stronsiy va uranni kiritish mumkin. O'zbekistonda bu mineral xom ashyolarning yirik zahiralari mavjud. O'zbekistonda mis chiqaruvchi asosiy korxona olmaliq tog' -metallurgiya kombinatidir. Mis konlari mis-porfir formatsiyasiga mansub bo'lib, O'rta Tyanshan, ayniqsa Qurama tog'lari uchun xosdir. Olmaliqda uning Qalmoqqir, Saricheka, Dalniy, Qizota konlari bor. Volfram molibden, qalay, vismut, simob va surmaning Janubiy Tyanshan va O'rta Tyanshan tog' tizilmalariga kiradigan Qoratepa, Langar, Qo'ytosh, Ingichka, Yashton, Sargardon va boshqa konlari bor. 20 ta molebdenli formatsiya va ularning turlari aniqlangan. Qora metallar asosan temir, titan, marganes va xromdan iborat bo'lib, ularning bir necha yuz konlari mavjud. Turli genetik tipdagi temir konlari va ruda to'plamlari, magnit anomaliyalari bor. Ular Tepabuloq titan-magnetik koni, Surenota, Shabrez, Mingbuloq va boshqa konlardir. Marganesning cho'kindi konlari Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa tog'larda, respublikaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida, gidrotermal to'plamlari Chotqol tog'larida joylashgan. Xrom konlari ofiolit mintaqalari bilan bog'liq bo'lib, Qizilqum Farg'ona ofiolit belbog'ida, Tomditog' va Sulton-Uvays rayonlarida ko'proq uchraydi. Download 90.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling