Dinamikasi va istiqbollari


O'zbekistonda tog'-kimyo konlarining geografik joylashuvi


Download 90.55 Kb.
bet7/22
Sana05.05.2023
Hajmi90.55 Kb.
#1427919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
O\'zbekistonning kimyo majmuasi va uning rivojlanishi

O'zbekistonda tog'-kimyo konlarining geografik joylashuvi

Kon turilari

Konlar nomi

Joylashgan hududi

Osh tuzi

Boybichakon, Xo'jaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon Borsakelmas, va Oqqal'a

Respublikaning janubiy g'arbida

Kaliy tuzlari

Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Okmachi

Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Fosforit konlari

Molg'uzor va Nurota fosfarit koni

Navoiy va Surxodaryo viloyatlari

Oltingugurt

Sho'rsuv oltingugurt koni

Farg' ona vodiysi

flyuorit konlari

Chotqol va Qurama
Nurota flyuorit konlari

Chotqol va Qurama tog' tizmalari,
Hisor tizmasidagi Nurota tizmalari

Gaz-kimyo kanbinatlari

Muborak, Sho'rtan Ko'kdumaloq, Odamtosh,

Qashqadaryo vil Buxora vil

Manba: Foydalanilgan adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Mamlakatimiz osh tuzi konlariga ham boy. Xo'jayikon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal’a kabi konlarda 90 milliard tonna xomashyo bor. Lalmikon tuz koni Qashqadaryo viloyatining janubi-sharqidagi kon. Dehqonobod shaharchasidan 50 km janubda, Turkmaniston chegarasiga yaqin joyda. Sigmoid ko'rinishidagi antiklinaldan iborat. Antiklinalning uzunligi 6-8 km, eni 1-2,5 km. Tuz qatlamlari o'rta qismida yer yuzasigacha ko'tarilgan. Antiklinalning qanotlarida esa tuz 200-2000 m gacha qalinlikdagi gilmoya, alevrolit, qumtosh va ohaktoshlar tagida, neogen va yuqori yura davri yotqiziqlari orasida uchraydi. 1950- 60 yillarda geologlar yuqori yura davri yotqiziqlaridagi osh tuzi qatlamlari orasida 600-1000 m chuqurlikda qishloq xo'jaligi uchun zarur mineral o'g‘it hisoblangan kaliy tuzining 3-5 m li qatlamlari borligini aniqladilar. Tuz qatlamlaridagi kaliy xloridning miqdori 32- 35%ni tashkil etadi. Kondagi osh tuzining zahirasi bir necha mlrd tonna, kaliy tuziniki 200 mln. tonnadan ziyodligi ma’lum. Tuz qatlamining qalinligi 400- 450 m. Ba’zi joylarida yer osti suvlari ta’sirida tuz yuvilib g‘orlar paydo bo'lgan. Lalmikon tuz koni karvon yo'li yoqasida joylashganligi uchun 10-13-asrlarda u yerdan qazib olingan tuzni savdogarlar Afg‘oniston, Hindiston va boshqalar. Yaqin Sharq mamlakatlariga, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona vodiysi shaharlariga olib borib sotganlar. Bu tuz "samarqand tuzi", "qarshi tuzi" nomi bilan mashhur bo'lgan8.


O'zbekistonda tabiiy gazdan yoqilgi o'rnida ham, xomashyo o'rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish, Rossiya Federatsiyasidan 40-50 foiz arzonga tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho'rtan kabi tabir gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatligi bilan ajralib turadi. Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har tonnasidan 50 kg sun'iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 150 kg sun'iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg motor yoqilg'isi olish mumkin.
O'zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bo'lib, 5 ta regionga ajratilgan:

  1. Ustyurt;

  2. Buxoro - Xiva;

  3. Janubi g'arbiy Hisor;

  4. Surxondaryo;

  5. Farg'ona.

Gaz konlari: tabiy gaz konlari, gaz kondinsati konlari va neft konlariga bo'linishi mumkin.
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bo'ladi. Metanga qo'shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug'lari hamda nouglevodorod birikmalar: CO2, N2 va ayrim hollarda H2S bo'lishi mumkin. Bu tipdagi konni Respublikamizning Sho'rtan gaz konidagi xom gazning tarkibida ko'rishimiz mumkin.

Download 90.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling