Diniy ekstremizm va fundamentalizm


Download 48.4 Kb.
bet7/13
Sana03.12.2023
Hajmi48.4 Kb.
#1797089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM

«Akromiylar» islomdagi diniy-siyosiy harakat. 1997-1999 yillarda Fargʻona vodiysida paydo boʻlgan. Uning asoschisi 1960 yilda Andijonda tugʻilgan Akrom Yoʻldoshevdir. U vahhobiylik oqimiga tayanib 1992 yilda 12 darsga moʻljallangan «Imonga yoʻl» deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Bu harakat vakillari faqat Allohgagina e’tiqod qilib, paygʻambarimizga imon keltirmaydilar. Ular bugungi mavjud tuzumni tan olmaydilar. Harakat a’zolari davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga boʻysunish lozim deb hisoblaydilar. Ularning pirovard maqsadi islom davlatini qurishdir.
Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar:
1. «Sirli» yoki «maxfiy»;
2. Moddiy;
3. Ma’naviy;
4. «Uzviy maydon»;
5. Toʻntarish.
Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini soʻzsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarib tashlab, oʻz hokimiyatlarini oʻrnatishi bayon etilgan. Akromiylar hozirgi kunda musulmonlarga namoz, roʻza, zakot, haj amallari farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. Toki islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb hisoblaydilar. Oʻzbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchrab, faoliyati barxam topdi.
«Tablig‘chilar» dunyoviylikni inkor etuvchi, siyosiylashtirilgan va mutaassib diniy mafkurani tashviqot qilish va uning tarafdorlarini ko‘paytirish orqali o‘z ta’sirini butun dunyoga yoyishni maqsad qiladi. «Tablig‘chilar»ning markazi Bangladeshda joylashgan bo‘lib, yirik filiallari Pokiston, Hindiston, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarida mavjud. «Tablig‘chilar» har yili 40 kun mobaynida uyma-uy yurib tashviqot ishlarini amalga oshiradi. Ular ilgari surayotgan g‘oyalari hanafiylik mazhabiga zid bo‘lib, aqidaparast guruhlarning g‘oyalari singari dinda mutaasiblikni targ‘ib qiladilar.

Download 48.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling