Diniy ekstremizm va fundamentalizm


Download 48.4 Kb.
bet1/13
Sana03.12.2023
Hajmi48.4 Kb.
#1797089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM


DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM
rejasi:
  1. Fundamentalizm va ekstremizmning kelib chiqishi.


  2. Oʻzbekistonda diniy ekstremizmning paydo boʻlishi omillari.


  3. Diniy siyosiy oqimlar va ularning maqsadlari:


- Vahhobiylik;


- Al – Ihvon al-muslimun;
- Hizbut tahrir al-islomiy;
- Akromiylar;
- Tablig‘chilar;
- Nurchilar.
4. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda milliy mafkuraning ahamiyati.
Fundamentalizm va ekstremizmning kelib chiqishi.

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida ta’kidlaganidek, “Kommunistik mafkura ma’naviy qashshoqligi, fanatizmi va millatlarga qarshi qaratilganligi bilan shoʻro hokimiyatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm va an’anaviylik uchun sharoit yaratdi. Islom dinidagina emas, balki yahudiylik, xristian konfessiyalari – Rus pravoslav, Rim-katolik, Arman-grigoryan, Lyuteran cherkovlarida, baptistik va boshqa jamoalarda ham shu hol roʻy berdi”.


Chindan ham, biz buni 100 dan ziyod xalq va millat, 16 diniy konfessiya misolida ham koʻrishimiz mumkin.
Fundamentalizm soʻzi lotinchadan kelib chiqqan boʻlib, asos poydevor ma’nosini bildiradi. Fundamentalizm barcha dinlarga xos boʻlib, unda dinning asli qanday boʻlsa, shundayligicha saqlab qolishga harakat qilinadi.
Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yoʻl bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yoʻnalishi.
Diniy fundamentalizm - aqidaning oʻzgarmasligini himoya qiladigan, vahiy va moʻ’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, soʻzma-soʻz talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qoʻyadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlangʻich davrida belgilangan barcha yoʻl-yoʻriqlarni qat’iy va ogʻishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qoʻllaniladigan istilohdir.
Fundamentalizm iborasi birinchi bor Birinchi jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni soʻzma-soʻz sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu soʻz islomga nisbatan qoʻllanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yoʻnalishdan biridir (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy gʻoyasi - «sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yoʻlini joriy etishdir.
Ekstremizm (lotincha oʻta, soʻnggi) – jamiyatdagi u yoki bu hodisa, jarayonlarga nisbatan keskin fikrlarni bildirilishi va qattiq tadbirlarni qoʻllanilishi yoki keskin fikr va choralarni yoqlovchi, uning amalga oshirilishiga tarafdor ma’nolarini bildiradi. Bunday keskin fikrlar sogʻlom yoki nosogʻlom boʻlishi mumkin. Jamiyat uchun nosogʻlom, uning taraqqiyotiga zid boʻlgan, jamiyatda, fuqarolar va millatlar oʻrtasidagi munosabatlarda beqarorlik keltirib chiqaradigan keskin chora va fikrlarni ilgari suruvchi, ularni amalga oshirishga intiluvchi, uni yoqlovchilarni ekstremistlar deyiladi.

Download 48.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling