Diniy ekstremizm va fundamentalizm
Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda milliy mafkuraning ahamiyati
Download 48.4 Kb.
|
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM
5. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda milliy mafkuraning ahamiyati.
XXI asrning muhim xususiyatlaridan biri insonlarning ongi va qalbini egallash uchun kurashning kuchayganidir. Qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olishlar oʻrniga endi tobora koʻproq mafkuraviy vositalar va ma’naviy qurollar ishlatilmoqda. Odamlarning tafakkuri, ongi, dunyoqarashini egallashga urinish tobora ma’naviyat maydonida yuz bermokda. Boshqa hudud va xalqlarni oʻziga qaram qilish uchun endi ochiq koʻrish va sezish qiyin boʻlgan usul va vositalar, xususan, ma’naviy buzgʻunchilik uslublari qoʻllanilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov XX asr oxiri — XXI asr boshida mafkura poligonlari yadro poligonlariga qaraganda koʻproq kuchga ega boʻlib borayotganligini koʻp bora ta’kidlaydilar. Ma’naviyatsizlik «kasali», axloqsizlik «epidemiyasi», oʻzining falsafasi, oʻz me’yor va mezonlarini «jahon standarti» darajasiga koʻtarib, boshqalarga zoʻrlab singdirishga urinishlar ayrim xorijiy davlatlar va siyosiy kuchlar xatti-xarakatida yaqqol namoyon boʻlib bormoqda. Gʻoyalar tarixini oʻrganish, shuningdek, jahonning bugungi kundagi mafkuraviy manzarasini tahlil qilish ham gʻoyalar kurashi va mafkuralar raqobati uzluksiz, muntazam davom etishini, ularning bari inson ongi va ong osti qatlamlariga, uning qalbi va ruhiga yoʻl izlashini, bu kurashda odamlarning ma’naviy hayotini egallagan mafkura gʻolib kelishini tasdiqlamoqda. Demak, geosiyosatda u yoki bu kuchning qoʻli ustun kelishi tobora mafkura va ma’naviyat sohasiga bogʻliq boʻlib bormoqda. Shuning uchun ular ma’naviy tanazzul va qashshoqlikni yoyish usulidan foydalanishni koʻzlaydilar. Gʻoyaviy-ma’naviy raqiblarimiz tomonidan axloqsizlik - shaxs erkinligi deb, behayolik - demokratiya tantanasi deb, targʻib etiladi. Oʻzligini, oʻz ma’naviyati va milliy gʻururini saqlab qolishga boʻlgan intilishlar muxoliflar tomonidan eskilikka yopishish, ozodlikni boʻgʻish, demokratiya taqchilligi deb talqin qilinadi. Shunday ekan, «Ma’naviy tahdid» tushunchasi mavhum, oʻylab topilgan xavf-xatarni emas, real ijtimoiy hodisani ifodalaydi, deyishga toʻliq asos bor. Ularga qarshi turishda dasturul amalimiz — milliy gʻoyamiz bor. Download 48.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling