Diniy ekstremizm va fundamentalizm
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri
Download 48.4 Kb.
|
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri
Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa, o’smir yoshlarga ma’naviy va psixologik jihatdan salbiy ta’sir etadi, chunki aynan o’tish davridagi o’smirlarda turli axboriy xurujlar natijasida og’uvchanlik kuchli bo’lishi kuzatiladi. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik natijasida o’smirlarda, hatto voyaga etgan insonlarda ham jamiyatdan uzoqlashish, virtuallikka moyillik ustunligi, asabiylik vujudga keladi. Eng yomoni, hozirgi kunda yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qiladi. Ayni paytda tizimda o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 ming, behayo mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar mavjud. 49 foiz kompyuter o’yinlari zo’ravonlik va yovuzlikni targ’ib qilayotir. Shu bois yoshlarni ijtimoiy tarmoqning salbiy oqibatlaridan asrash uchun ularda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga hurmatni kuchaytirish oldimizda turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu yo’lda esa yoshlarda milliy domenimizdagi saytlar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini shakllantirish, xolis va noxolis axborotlarni bir-biridan farqlash, zararli ma’lumotlarga qarshi immunitetni kuchaytirish keng jamoatchilik hamkorlikda faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqd. So’nggi yillarda terroristik tashkilotlar g’oyalarini targ’ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarniig soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo’lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanadigan 5000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo’lib, ularga xizmat ko’rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Xalqaro ijtimoiy so’rov tashkilotlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, ayni kunda dunyo bo’yicha bir milliarddan ortiq kishi internetdan foydalanadi. Ularning 10 foizi voyaga etmagan yoshlar deb hisoblansa, g’arazli maqsadni ko’zlagan ijtimoiy tarmoqlar xavfini qanchalik yuqori ekanligini tasavvur qilish mumkin. Shu bois, yoshlarimizda jamiyatimizga yot bo’lgan g’oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda farzandlarimizni yoshlikdan buyuk allomalarimiz hayotlari, odob-axloqlari va ilmiy meroslari, xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalash, oilani muqaddas qo’rg’on ekanligini ongiga singdirish muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo’lib sanaladi. Internetda, terrorchilik va boshqa buzg’unchiliklarni targ’ib qiluvchi veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar soni kun sayin ko’paymoqda. Bu holat dunyoqarashi shakllanmagan va g’o’r yoshlarning sog’lom e’tiqodini, ongu shuurini zaharlamoqda. G’alamislarning internet orqali hujumlari asosan yoshlarga qaratilgan bo’lib, ular o’smirlar uchun qiziqarli bo’lgan vositalardan ustalik bilan foydalanishmoqda. Jumladan, yoshlarning qiziqishiga qarab, ularni turli video-lavhqlar va fotosuratlarni tomosha qilishga jalb etish orqali yoki tashqi ko’rinishidan go’yoki o’yin, texnika, sportga doir bo’lsa-da, lekin ichki sahifalarida faqat buzg’unchilikni singdiruvchi veb-jurnallarni taqdim etmoqda. Afsuski, internet tarmog’ida qora quzg’un kabi o’rnashib, yurtimiz yutuqlarini ko’ra olamayotgan yovuz kuchlarning nosog’lom, bo’hton va g’iybat bilan to’lib-toshgan ma’lumotlarini ayrim yoshlar o’qib, ba’zan ularga hamfikr bo’lib, adashib ketayotganlari achinarli holatdir. E’tiborlisi, dunyo bo’yicha internetdan eng ko’p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar hisoblanadi. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo’shib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo’lsa, 2017 yil yakunida bu ko’rsatgich o’n uch millionga etdi. Shuningdek, yoshlar orasida ommaviy tarzda foydalanadigan “Feysbuk”, “Tvitter”, “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib, o’sha “ayrim shaxslar” tuzog’iga tushgan insonlar uchun dasturulamal bo’lib qoldi. Download 48.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling