Diniy ekstremizm va fundamentalizm
Download 48.4 Kb.
|
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM
«Nurchilar» diniy-siyosiy oqimi gʻoyalarining mamlakatimizga kirib kelishi 1992 yillardan boshlab kuzatilgan. Bu oqim asoschisi turkiyalik Said Nursiy boʻlib, maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi oʻta diniy-mutaassib, fanatik kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Hozirgi kunda «Nur» harakati Turkiyadagi eng nufuzli diniy-siyosiy oqim sanaladi. Uning saflari asosan yoshlardan iborat. «Nur» chilar diniy bilim berish yoʻli bilan islom aqidaparastligini avj oldirish yoʻlini tutadilar. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatgan ekstremistik ruhdagi harakatlardan biri «Tavba» sanaladi. Unga Ozarbayjonda Xoji Abdullo asos solgan. Oʻzbekistonda bu harakatga namanganlik Abduvali Yoʻldoshev va Isxoq Jabborovlar rahbarlik qilgan. Harakatning maqsadi «vahhobiylik»ni qoʻllab-quvvatlash, aholi oʻrtasida mavjud tuzumga qarshi targʻibot ishlari olib borish, jangarilarni tayyorlash, ularni moddiy jihatdan ragʻbatlantirib turish, pirovardida hokimiyatni terror yoʻli bilan egallashdir. Ular turli talon-taroj va terror, qoʻrqitish, bosim oʻtkazish yoʻli bilan mablagʻlar topib oʻz moddiy ehtiyojlarini qondirganlar. Bu yoʻlda Fargʻona vodiysi hokimiyat organlari xodimlariga va aholiga bir qator ogʻir aziyatlar etkazganlar. Mazkur xunrezlik davlatimizning tezkor harakati natijasida oʻz vaqtida tugatildi. 1989-1991 yillarda Oʻzbekistonda «Islom uygʻonish partiyasi» faoliyat koʻrsatgan. Bu partiyaning asosiy maqsadi – musulmon davlati barpo etish. Ana shu partiya ayni Tojikistonda tartibsizliklarni keltirib chiqarib, koʻplab kishilarning hayotlariga zomin boʻldi. «Islom lashkari», «Adolat» kabi oqimlar 1990-1992 yillarda Namangan viloyatida Abdulla Oʻtaev, Toxir Yoʻldoshev kabi vatanpurushlar boshchiligida faoliyat koʻrsatgan. Ular 100-120 kishidan iborat 60 dan ortiq guruhlar tashkil etgan. Oʻsha kezlari «Adolat» harakati faollari drujinalar tuzib, kechki payt oʻz mahallalaridan tashqarida yurgan erkaklarni toʻxtatib ularga nisbatan tajovuzlar qilishgan. Ichkilikka qarshi kurash bahonasida begunoh odamlarni masjidlar oldidagi ustunlarga bogʻlab qoʻyishdek bedodlikka borishgan. Bu harakat faoliyati 1992 yil mart-aprel oylarida tugatilgan.64 Yuqorida Islom dinidagi «Vahhobiylik», «Hizbut - tahrir» oqimlari, «Akromiylar», «Nur» chilar, «Tavba», «Islom lashkarlari», «Adolat», «Islom uygʻonish partiyasi» va boshqalarning mohiyati, mazmuni va maqsadlari haqida baholi-qudrat fikr yuritdik. Islomda yuzaga kelgan bunday oqim va harakatlar qanday koʻrinishda boʻlmasin ularning asl maqsadi nimalardan iboratligini umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: «Barchamizga ayon boʻlishi kerakki, gʻanimlarimizning asosiy niyati – Oʻzbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotini buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni agʻdarish, tanlangan yoʻlimizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qoʻrquv solish hisobidan ularning ertangi kunga boʻlgan ishonchini yoʻqotish, bir-biriga qarshi qoʻyish, yurtimizda, mintaqamizda oʻz manfaati, oʻz siyosatini oʻtkazishdan iborat»65 Bizning vazifamiz hamisha ogoh va sergak boʻlishdan iborat. Hech qachon Islom dini ota-bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham imon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini yoddan chiqarmasligimiz, uni yuksak qadrlashamiz lozimligini esdan chiqarmaylik. Dinga hurmat va e’tiqod biz uchun oʻlmas qadriyat boʻlib qolmogʻi lozim. Xulosa shuki, bunday firqa va oqimlar jamiyatda siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, eng yomoni millatlararo va dinlararo nizolarni, birodarkushlik va xunrezliklarni keltirib chiqaradi xalos. Download 48.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling