Diniy ekstremizm va fundamentalizm


Download 48.4 Kb.
bet6/13
Sana03.12.2023
Hajmi48.4 Kb.
#1797089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM

Hizbut tahrir. «Hizb» soʻzining lugʻaviy ma’nosi-guruh, firqa, partiya, tobe kishilar demakdir.
«Hizbut tahrir» ning toʻla nomi «Hizbut tahrir al-islomiy» - «Islom ozodlik partiyasi» boʻlib u norasmiy siyosiylashgan diniy oqim sanaladi. «Hizbut tahrir» 1928 yilda Misr Arab Respublikasining Islomiya shahrida tashkil topgan «al-Ihvon al-Muslimun» - «Musulmon birodarlari» diniy-siyosiy tashkilotidan 1952 yilda ajralib chiqqan firqadir. Bu firqaning asoschisi shayh Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979)dir. Hozirda bu diniy-siyosiy partiyani falastinlik Abulqadim Zallum boshqarib kelmoqda.
«Hizbut tahrir» tuzilma jihatidan piramida koʻrinishida tashkil topgan. Eng quyi tuzilma 4-5 kishidan iborat «Doris» lardan tarkib topgan «xalqa»lardan iborat. Ular guruh rahbari «mushrif» dan saboq oladi. Bunday kichik «halqa»larga boʻlinishi, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh boʻlish imkoniyatini mumkin qadar kamaytiradi. Mashgʻulot haftada kamida bir marta oʻtkazilishi shart. Bunday «dars» larda nomigagina diniy ta’lim berilib, asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasidagi gʻoyaviy-ma’naviy boʻshliqdan foydalanib, ularning ongiga gʻarazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. Halqa a’zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Ta’lim olish gʻoyat yashirin ravishda olib boriladi. Tashkilotga a’zo boʻlayotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma’lumotni sir saqlash haqida qasam ichadi.
Butun dunyo boʻyicha «Hizbut tahrir» harakati rahbari «amir» deb yuritiladi. Firqaning mintaqaviy rahbari «mutamad» «amir» tomonidan belgilanadi. «Mutamad» esa viloyat darajasida ishlaydigan «ma’sul» hamda tuman miqyosida faoliyat koʻrsatuvchi «musoid»ga rahbarlik qiluvchi «mahalliy jihoz»ni tashkil etadi. Mahalliy jihoz har oyda kamida bir marotaba toʻplanib oʻz muammolarini hal etadi. Firqaning har bir a’zosi oʻz imkoniyatiga qarab asosiy mehnat mashgʻuloti daromadi hisobidan 5-20 foiz miqdorida a’zolik badali (soliq) toʻlashi majburiydir.
«Hizbut tahrir»chilarning asosiy maqsadi islom davlatlari oʻrtasida allaqachon oʻz umrini oʻtab boʻlgan «Halifalik» davlatini tuzish gʻoyalarini targʻib qilib, kelajakda amaldagi davlat boshqaruvini agʻdarib tashlashdan iborat.
Vahhobiylar hukumatni qoʻlga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yoʻlini tutsalar, «hizbchilar» gʻoyaviy, mafkuraviy kurash usulini qoʻllaydilar. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Avvalambor, ular, yoshlarni oʻz ta’siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-xushini yoʻqotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qoʻliga qurol beradi. Ularni oʻz Vataniga, oʻzini odam qilib voyaga etkazgan el-yurtiga qarshi qoʻyadi».63
Hizbchilar demokratiyani butkul inkor etadilar. Mazkur diniy tashkilot 1992 yildan Oʻzbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshlagan. Oʻz maqsadlari halifalikni tiklash yoʻlida mamlakatimizdagi tinch, osoyishta hayotni izdan chiqarib fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatiga putur etkazish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarishga uringanliklari sir emas.
«Hizbut tahrir» ning ta’limoti uch bosqichdan iborat:
1. Gʻoyaviy fikriy kurash.
2. Jamiyatda gʻoyaviy inqilobni amalga oshirish.
3. Hokimiyatga faqatgina umma jamoasining toʻliq roziligidan soʻng kelish.
- Gʻoyaviy fikriy kurash – ongi toʻliq shakllanmagan yoshlarni din niqobi ostida oʻz tuzogʻiga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi ma’sul shaxslarni oʻz tarafiga ogʻdirish;
- Jamiyatda gʻoyaviy inqilobni amalga oshirish – ya’ni gʻoyaviy-mafkuraviy jihatdan kishilarni hizbchilarning yovuz niyatli inqilobiga tayyor holga keltirish;
- Hokimiyatga faqatgina umma jamoasining toʻliq roziligidan soʻng kelish – hukumatni ummat orqali qoʻlga kiritib, «Halifalik» davlatini tuzish.
«Xizb ut-tahrir al-islomiy» tarafdorlari Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va boshqalarda oʻz faoliyatini yashirin olib bormoqdalar. Uning hozirgi kundagi rahbari Abulqadim Zallumdir. «Xizbut-tahrir» tuzilishi jihatidan piramida shaklida ya’ni xalqa tartibida har bir guruh 5-6 kishidan iborat. Uning oʻquv ishiga Mushrif rahbarlik qiladi, Amir Mushrifga mashgʻulotlarni oʻtkazishda yordam beradi. Qarorgohi-Angliyaning London shahrida. Oʻzbekiston xududida «Xizbut-tahrir»ning boshlangʻich boʻlimlari tashkil topa boshlagan edi.
Xulosa shuki, «Xizbut - tahrir»ning gʻoyasi islom ta’limotidan uzoq, demokratik – huquqiy davlat konstitutsiyasiga ziddir. U vijdon erkinligini suiste’mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yoʻlini tutgan diniy-siyosiy oqimdir. Uning tashkil topganiga yarim asrdan oshgan boʻlsada, hanuzgacha dunyoning biror davlatida tan olinib, rasmiy roʻyxatdan oʻtgan emas. U hech qaysi davlatda qaror topa olgani yoʻq.

Download 48.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling