Diniy ekstremizm va fundamentalizm


Download 48.4 Kb.
bet4/13
Sana03.12.2023
Hajmi48.4 Kb.
#1797089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM

Diniy aqidaparastlik esa —siyosiy maqsadlar yoʻlida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo boʻlgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.
Islom ilmi nuqtai nazaridan qaraganda, bu tushunchaning yana bir tomoni bor. Unga koʻra, diniy aqidaparastlik —dastlabki aqidani oʻzgartirmaslik, vahiy va moʻ’jizalarning muqaddas kitoblardagi ifo-dasini hijjalab, harfiy, ya’ni soʻzma-soʻz talqin etishga asoslangan e’tiqodni jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarining mantiqiy dalillaridan ustun qoʻyish.
Aqidaparastlar diniy e’tiqod shakllanishining boshlangʻich davrida belgilangan, oʻsha zamondagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga mos boʻlgan barcha yoʻl-yoʻriqlarning qat’iy hamda ogʻishmay baja-rilishini talab qiladilar va shu tariqa diniy oqimlarni ifodalashda qoʻllanadigan islohot shaklini shart qilib qoʻyadilar.
Islom aqidaparastligining asosiy gʻoyasi — «sof islom» qat’iyatlariga (printsiplariga) qaytish, maqsadi esa — islomiy davlat va taraqqiyot yoʻlini joriy etishdan iborat.
2.Oʻzbekistonda diniy ekstremizmning paydo boʻlishi omillari.
Oʻzbekistonda diniy ekstremizmning paydo boʻlishi omillari quyidagilardan iborat:
Birinchidan. Sobiq Ittifoq davrida ham Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda oʻz mavqei va oʻrni boʻlib, mamlakatimizni oʻrab turgan qoʻshni davlatlarga ilm-fan, madaniy-ma’rifiy, moddiy tomondan oʻzining ijobiy ta’sirini oʻtkazib kelgan, qoʻshni davlatlarga qoʻni-qoʻshnichilik va qarindosh-urugʻchilik rishtalari chambarchars bogʻlangan, shu bois ham aynan Oʻzbekistonda yuqorida qayd etilgan diniy oqimlar rivojlantirilsa, uning ta’siri tez kunda qoʻshni davlatlarga ham ta’sir qilar edi.
Ikkinchidan. Oʻzbekiston xalqi tabiatan intiluvchan va diniy allomalar aynan Movarounnahr diyoridan chiqqan boʻlib, Islom diniga oʻzining sezilarli hissasini qoʻshgan, shu sababli boshqa davlatlarga ham ta’sir oʻtkazish osonroq koʻchar edi.
Uchinchidan. Oʻzbekiston aholisining asosiy qismini ilmga chanqoq yoshlar tashkil etadi va davlat qurilishi jarayonida vaqtinchalik hosil boʻlgan boʻshliqni diniy ekstremizm gʻoyalari bilan diniy niqob ostida yoshlar ongiga singdirib, ularga davlat tomonidan olib borilayotgan izchil siyosatni, demokratik tamoyillarni qoralab, ba’zi juz’iy kamchi-liklardan foydalangan holda davlat bilan omma oʻrtasida ziddiyat keltirib chiqarish imkoniyati bor edi.
Yaqqol koʻrinib turibdiki, bu mintaqada paydo boʻlgan ziddiyat boshqa mintaqalarga oʻz ta’sirini oʻtkazmay qolmaydi va yagona islom davlatini qurish haqidagi maqsad bir vaqtni oʻzida katta mintaqa muvozanatining buzilishiga olib keladi.



  1. Download 48.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling