Diniy ekstremizm va fundamentalizm
Download 48.4 Kb.
|
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kibermakon va din
Tayanch soʻzlar:
Sunniylik; Shialik; Xorijiylik; Fundamentalizm; Mutaassiblik; Fanatizm; Gʻayridin; Terrorizm; Modernizm; Traditsionalizm; Vahhobiylik; Panislomizm; Ekstremizm. 2-MAVZU. KIBERMAKONDA DIN OMILI Ma’ruza rejasi: Kibermakon va din Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri Global tarmoqdagi g’oyaviy xurujlar oldini olish 1. Kibermakon va din Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan “Neuromancer” (o’zbek tilida tarjimasi “Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, rus tilida «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo’llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog’i orqali bir-biri bilan bog’langan va bir vaqtning o’zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o’ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo’lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi “superkorporatsiya” texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg’unchilikni sodir etishga bo’lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o’z g’arazli maqsadlari yo’lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida quyidagicha ta’kidlaangan: “Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g’arazli maqsadda ularni teng qo’yish kabi holatlar ham ko’zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bosh-ko’zini aylantirib, ulardan o’zining nopok maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday nojo’ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog’ bo’lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur”. “Axborot asri” deb atalayotgan hozirgi zamonda ma’lumot olish va axborot almashishning qulay vositasi internetdir. Biroq bu tarmoqda hamma narsa aralash-quralash-oq bilan qora, ezgulik bilan yovuzlik. Ma’lumot tarqatish, biznes va reklama uchun katta maydonga aylangan global tarmoqni nazorat qilishning umuman imkoni yo’q. Shuning uchun ham “o’rgimchak to’ri”da buzg’unchi g’oyalar targ’iboti va terrorga chaqiriqlar juda ko’p uchraydi. “O’rgimchak to’ri”da aqidaparastlikni targ’ib qiluvchi saytlar tobora ko’payib bormoqda. Bunday tahlikli zamonda yoshlarimizga faqat “uz” domenidagi saytlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Agar boshqa domendagi veb-saytlardan foydalanishga ehtiyoj sezilsa, ma’lumot olishda hshyorlik va ehtiyotkorlik lozimligini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Bizning aqidamizga, mazhabimizga zid bo’lgan saytlardan uzoq bo’lish zarur. Zero, ehtiyotsizlik bilan ko’r-ko’rona olingan ma’lumotlar kishini adashtirib qo’yishi aniq. Shunday ekan, mamlakatlar barqarorligiga tahdid soladigan, xunrezlik, behayolik, qalloblik, ekstremistik kayfiyatdagi sayt va guruhlarni “o’rgimchak to’ri”ning zulmatdagi shakliga qiyoslash kerak. Kundan-kun internetdan foydalanish imkoniyatlri ko’plab insonlarning ko’plab insonlarning “og’irini engil qilayotgani” sir emas. Afsuski, terrorist va buzg’unchilarni ham. Ular internetni o’zlarining g’oyaviy qurollariga aylantirib olishdi. Avvallari o’zlarining manfur g’oyalarini urush, qurol yoki shu kabi vositalar orqali insonlarga singdirishgan bo’lsa, bugunga kelib, internet orqali bir necha daqiqada minglab insonlarni o’z qarmoqlariga ilintirmoqdalar. Ular insonlar ongini yolg’on axborotlar, soxta iddaolar orqali egallab kelmoqdalar. Internet tarmog’ida diniy-ekstremistik ruhdagi saytlar faoliyat yurtimoqdaki, ular insonlarni “jihod” qilishga, o’z yurtidan “hijrat” qilib chiqib ketishga chaqirib, muqaddas islom dini niqobi ostida o’zlarining manfur niyatlarini amalga oshirmoqdalar. Ularning maqsadi din yo’lida xizmat emas, balki dunyoviy manfaatga erishishdir. Hali tafakkuri shakllanmagan, ilmi va tajribasi etarli bo’lmagan yoshlar bunday saytlarga kirib qolib, ularning aldoviga uchib, oxir-oqibat ota-onasi, yaqinlari hamda Vataniga xiyonat qilmoqda, xalqining la’natiga uchramoqda. Download 48.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling