Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet48/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Yollanish bilan bog’liq jinoyat BMTning qator rezolyutsiya va qarorlarida xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Bi-rinchi navbatda BMT Xavfsizlik Kengashining 1961 yil 24 noyabrdagi rezolyutsiyasida BMT qo`mondonligi ostida bo`lma-gan h’ar qanday h’arbiy va yarim h’arbiy odamlarni, yollangan-larni zudlik bilan qo`lga olish va chiqarib yuborish uchun eng samarali, shu jumladan, kuch ishlatishga asoslangan choralarni ko`rish zarurligi qayd etilganini ta’kidlash lozim. 1967 va 1977 yillarda qabul qilingan rezolyutsiyalarda h’am o`z h’ududi-da jangarilarni yollash va saklashga ruxsat bergan davlatlar qat’iy qoralangan. Xavfsizlik Kengashi o`zining 405-rezo-lyutsiyasida davlatlardan o`z h’ududini jangarilarni yollash uchun bermaslik, o`z fuqarolarini ularni shakllantirish, yollash yoki ularni boshqa davlatlarga tashlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat bermaslikni talab qiladi.
BMT Bosh Assambleyasining 1968 yilda qabul qilingan 2465-rezolyutsiyasi (XXIII) yollanganlardan foydalanish amaliyoti ji-noiy javobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini, yollangan-larning o`zi esa jinoyatchi h’isoblanishini va qonundan tashqarida ekanini belgilab berdi. Shuningdek, unda barcha davlatlarda o`z h’ududida jangarilarni yollash, ularni mablag’ bilan ta’minlash va o`qitishni jinoiy javobgarlikka tortiladigan h’arakat si-fatida bah’olaydigan va o`z fuqarolariga yollanma jangchi sifa-tida xizmat qilishni man etadigan qonunlar qabul qilish za-rurligi ta’kidlangan.
BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro h’uquqtamoyillari Dek-laratsiyasida (1970 y.) davlatlarga boshqa davlat h’ududiga bos-tirib kirish uchun doimiy h’arbiy kuch yoki qurollangan guruh’-lar, shu jumladan, yollanma jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishni rag’batlantirish va o`z h’ududida ushlab turishdek h’arakatlardantiyilishtavsiya etilgan. Shu bilan birga, yollanma jangarilarni xalqaro jinoyatchi sifatida jazolash kolonial va xorijiy h’ukmronlikka h’amda irqchiliktuzumlariga qarshi ku-rashayotgan «Kombatantlar h’uquklarining asosiy printsiplari» (1970 y.)da h’am ko`zda tutilgan.
Shuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatan qurolli kuchlarni qo`llaydigan yollanma jangchilarni o`zga mam-lakatlar h’ududiga yuborishni tegishli xalqaro-h’uquqiy oqibat-larni keltirib chiqaradigan xuruj, deb ta’riflagan edi.
Yollanishning jinoiy jih’ati mintaqaviy xalqaro tashki-lotlar qarorlarida h’am o`z aksini topgan. Ular qatoriga Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning Lagosda bo`lib o`tgan vazirlar ken-
gashining favqulodda VII sessiyasining rezolyutsiyasini, ABT Assambleyasi tomonidan 1967 yilda qabul qilingan yollanma jang-chilar to`g’risidagi rezolyutsiyani, 1971 yilda Addis-Abebada ABT tomonidan qabul qilingan Afrikadagi yollanma jangchilar h’aqidagi Deklaratsiyani ko`rsatish mumkin.
«Yollanish» tushunchasining mazmuni birinchi marta Urush pay-tida fuqaro ah’olini h’imoya qilish to`g’risidagi Jeneva Kon-ventsiyasiga 1977 yilda qabul qilingan Qo`shimcha protokolning 47-moddasida ta’riflab berilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-modda-sida yollanishning moh’iyati va bunday h’arakatlar uchun qo`llani-ladigan jazo aniqbelgilab qo`yilgan: «Yollanish, ya’ni nizola-shayotgan davlatning fuqarosi yoki h’arbiy xizmatchisi h’isoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan dav-lat h’ududida doimiy yashamaydigan yoki h’ech qanday davlat tomo-nidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki bosh-qa biron shaxsiy manfaatni ko`zlab, o`zga davlat h’ududida yoki uning tarafini olib qurolli to`qnashuvda yoxud h’arbiy h’arakat-larda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan o`n yilgacha ozod-likdan mah’rum qilish bilan jazolanadi».
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-modda-sida esa terrorizmning moh’iyati va bunday^arakatni sodir et-ganlik uchun qo`llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan.
O`zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida»gi Qonunning 5-moddasi 6-qismiga mu-vofiq «Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko`maklashadigan, shuningdek, boshqa g’arazli maqsadlarni ko`zlov-chi oqimlar, sektalar va boshqalarningfaoliyati man etiladi». Oxirgi paytlarda dunyoning ko`plab mintaqalarini qamrab olgan ekstremizm bilan bog’liq muammolar faol muh’okama qilin-mokda. Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun h’am dolzarb muammolardan biri h’isoblanadi.
Xususan, O`zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida»gi Krnunning 5-moddasida shun-day deyiladi: «Davlat turli dinlarga, h’ar xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o`rtasida e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar o`zaro murosa va h’urmat o`rnati-lishiga ko`maklashadi, diniy va o`zga mutaassiblikka h’amda eks-tremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo`yish va keskinlash-tirishga, turli konfessiyalar o`rtasida adovatni avj oldirishga Qaratilgan xatti-h’arakatlarga yo`l qo`yilmaydi».
Shu bilan bir qatorda, h’ozirda «ekstremizm» va «diniy eks-tremizm» tushunchalarining mazmunini belgilashda turlicha yonda-shuvlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Demak, ushbu tushuncha-larning ququqiy mazmunini aniq belgilab olish mazkur ko`rinishdagi h’arakatlarni to`g’ri bah’olash va ularning oldini olishga o`z h’issasini qo`shishi aniq.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling