Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy h’amda ma’naviy-
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. O`zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga kdrshi kurashi Reja
Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy h’amda ma’naviy-tarbiyaviy asoslari. Ushbu soh’a diniy ong radikallashuvining oldini olish h’amda ah’olida diniy-mafkuraviy immunitetni h’osil qilishning asosiy vositalaridan biri h’amda ekstremizm va terrorizmning oldini olishdagi h’ayotiy va ta’sirchan omil-lardan biri sanaladi. Ko`pchilik mamlakatlarda mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tizimi dunyoviy moh’iyatga ega ta’-lim-tarbiya muassasalarida yoshlarga din h’aqida ilmiy asoslan-gan bilimlar berish va diniy muassasalar imkoniyatlaridan diniy-ma’naviy tarbiyaning muh’im o`chog’i sifatida foydala-nishdek jih’atlarni qamrab oladi. Ularni ro`yobga chiqarishda turli, shu jumladan, anchagina qismi xalqaro tashkilotlar ma-qomiga ega bo`lgan noh’ukumat, notijorattashkilotlar h’am fao-liyat ko`rsatmoqda. Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashningoxirgi yillardagi xalqaro tajribasida din-lararo bag’rikenglik g’oyasi targ’iboti aloh’ida o`rin tutmokda. Bugun uni targ’ib qilayotgan o`nlab tashkilotlar dunyo bo`ylab faoliyat yurgizmokda. Ularningorasida YuNESKO kabi global miqyosda amal qilayotgan nufuzli xalqaro muassasalar bor.
Bu yo`nalishda olib borilayotgan ishlarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-xuquqiy zami-nini mustah’kamlash bilan birga, uning ma’naviy-ma’rifiy asos-larini kuchaytirish jah’on h’amjamiyati oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri h’isoblanadi. 12-mavzu. O`zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga kdrshi kurashi Reja: 1. Xalqaro maydondagi qagiy siyosat. 2. Xalqaro shartnomalarda ishtirok etish. Xalqaro maydondagi qagiy siyosat. Diniy ekstremizm va xal-qaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka h’am daxldor masaladir. Chunki diniy ekstremistik va xalqaro ter-rorchiliktashkilotlari jangarilik usullari bilan xrkimiyat uchun kurashuvchi guruh’larni shakllantirish, ularni h’ar tomon-lama rag’batlantirish va qo`llab-quvvatlashga intiladi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqa-ro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990—1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mo-jarolar davomida, 1999 yili 16 fevralda Toshkent shah’rida, 1999—2001 yillari Qirg’izistonning Botken, O`zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart—aprel oylarida Toshkent shaxri va Buxoro viloyatida h’amda 2004 yil-ning iyul oyida Toshkent shaxrida amalga oshirilgan terrorchi-lik h’arakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi. Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi diniy mu-taassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm vaterrorchilikningmin-taqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jaxrn h’amjamiyati birgalikda unga qar^i kurashishi lozimligi to`g’risidagi g’oyani jah’onning nufuzli tashkilotlari minbarla-ridan e’lon qildi. To`g’risini aytish kerak, O`zbekistonning di-niy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosati-ning moh’iyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli xalqarotashkilotlari kechroqangladi. Xususan, O`zbekiston Res-publikasi Prezidenti I.A.Karimov 1993 yil 28 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida jah’on h’amjamiyatini Afg’oniston muammosini izchil o`rganish va echish-ga chaqirdi. «Tolibon» h’arakatining diniy mutaassib va jangari-lik faoliyati h’aqidagi ushbu h’aqqoniy fikr faqat AQShdagi 2001 yil 11 sentabr fojialaridan so`ng tan olindi. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan «6+2» guruh’ining BMT rah’barligida 1998—1999 yillarda olib borgan faoliyati Afg’onistonda eks-tremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ah’amiyatga ega bo`lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh’ Afg’oniston bilan chega-Radosh olti davlat (Xitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Toji-kiston, Turkmaniston) va mintaqatashqarisidan Afg’onistondagi VDziyatga jiddiy ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat — AQSh va Rossiyaning yuqori darajadagi vakillaridan tashkil qilingan edi. 136 Bu guruh’ bir qator majlislar, muh’okamalar va muzokaralar o`tka-zib, ularga Afg’onistonda bir-biri bilan kurashayotgan kuchlar va-killarini jalb qilib, «Afg’onistondagi mojaroni tinch yo`l bi-lan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to`g’risida»gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo`yicha bir qator boshqa h’ujjatlarni ishlab chiqtsi. 1999 yilning 28 iyulida BMTXavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruh’iningToshkent uchrashuvi yakunlari yuksak bah’olandi. 2001 yilning 28 sentabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373(2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, BMTdoirasidater-rorizmga qarshi kurash qo`mitasini tuzdi. Ushbu qo`mitaningtu-zilishi va faoliyati O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining kontseptsiyasiga h’amoh’angdir. Zero, Yurtboshimiz 1999 yilning noyabrida Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashki-lotining (EXHT) Stambulda bo`lib o`tgan Sammitida va 2000 yilning 7—8 sentabr kunlari Nyu-Yorqda bo`lib o`tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilma-larida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish tak-lifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus ro`yobga chiqqanidan so`ng, O`zbekiston 2001 yil dekabr oyida va 2002 yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyu-tsiyasining bajarilishi xususida BMTningterrorizmga qarshi kurash qo`mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi. O`zbekistonning AQSh etakchiligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasi tarkibidagi ishtiroki uning bu soh’adagi ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. O`zbe-kiston xalqaro aksilterror koalitsiyasiningfaol ishtirokchisi sifatida AQSh h’arbiy h’avo kuchlarining transport samolyotlari va vertolyotlariga Afg’onistonda qidiruv-qutqaruv va insonpar-varlik yordamini amalga oshirish uchun o`z h’avo h’ududini ochib berdi va Xonoboddagi h’arbiy aerodromning bir qismini AQSh h’arbiy h’avo kuchlariga vaqtincha foydalanishga berdi. O`zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miq-yosdatinchlik, barqarorlikni saklash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqining erkin farovon h’ayotini ta’minlashdir. Ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurash h’aqida gap ketar ekan, O`zbekiston Afg’onistonda tinch-likka erishishda BMTning faolligini kuchaytirish, Afg’onis-ton ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish va qurol-yarog’ olib kirishni taqiqlash, ekstremizm va xalqaro terrorizmning moliyaviy manbai bo`lgan narkobiznes va narko-trafikka qarshi xalqaro miqyosda kurash kabi masalalarda h’am e’ti-borga molik takliflarni ilgari surganini ta’kidlash zarur. O`zbekiston bu tashabbuslar amalga oshishi uchun o`zining ichki siyosatida h’am tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi h’amda 1998 yili 1 mayda tasdiklangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’ri-sida»gi yangi tah’rirdagi Qonunda mazkur yo`nalishdagi faoliyat-ningh’uquqiy asoslari mujassam etilgan. Respublikamiz ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog’liqbo`lgan narkobiznes va nar-kotrafikka qarshi kurashda h’am qat’iy siyosat olib bormokda. 1999 yilda «Giyoh’vandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g’ri-sida»gi, 2000 yilda «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi Qonunlarning qabul qilingani h’amda «Eksport nazorati to`g’ri-sida» va «Pulni noqonuniy o`zlashtirish to`g’risida»gi Qonun loyih’alari tayyorlangani fikrimizni tasdiqlaydi. Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimiz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tizimli va tadrijiy kurash olib bormoqtsa. Bu kurash mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish va in-son h’uquqlarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling