Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet10/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • (XVII
Janubi-Sharqiy Osiyoda islom. Janubi-Sharqiy Osiyoga is-lomning kirib kelishi nisbatan tinch kechdi. Bu jarayon bir necha o`n h’atto, yuz yilliklarga cho`zildi.
Islomning ilk yillari — xalifalik davrida arab qo`shin-lari bu erlarga kelmagan bo`lsalar-da, birinchi arab savdogar ah’oli maskanlari bu mintaqada VII—VIII asrlardayoq paydo bo`lgan edi h’amda Arabiston yarim orolini Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo bilan bog’laydigan serqatnov dengiz yo`llari bilan bog’lovchi ko`prik vazifasini bajardilar. Aynan ular islom dinini maz-kur o`lkalarda tarqatdilar. Shu bilan birga, mutaxassislar bu ishda h’ind, fors, h’atto, xitoyliklarning xizmatlari katta bo`lga-nini h’am ta’kidlaydilar. Mazkur h’olat h’am ushbu o`lkalarda is-lomning rivojiga o`z ta’sirini o`tkazdi. Bu xususan, mintaqada-gi islom o`rta asrlarda Arabistonda mavjud bo`lgan islom ko`rinishidan farq qilib, mah’alliy an’analar, h’ind, fors va boshqa millatlarning urf-odatlari bilan aralashib ketishida yaqqol namoyon bo`ldi.
Islom dinini mah’alliy ah’oli orasida birinchilardan bo`lib Malakka yarim orolining soh’il mintaqalari va Sumatra oroli-ning shimoliy qismida yashovchi xalqlar qabul qildilar (XI— XIII asrlar). Natijada XV asrda taraqqiy etgan Malakka Sul-tonligidan chiqqan din tarqatuvchi savdogarlar o`z faoliyatlarini kengaytirib yubordilar. XV—XVII asrlarda Yava, Bruney, XV— XVI asrlarda G’arbiy Sumatra, XV asrning ikkinchi yarmida Pa-tani, XIV—XV asrlarda Sulu va Mindanao, XV—XVIII asrlarda Arakana ah’olisi islomni qabul qildi. Yangi din Yava orqali Janubiy Sumatraga (XVIII—XIX asrlar), Janubiy Kalimantan-ga (XVI—XVII asrlar), G’arbiy Sumatra orqali Sulavesiga (XVII asr) kirib keldi. Mintaqada islomlashuv jarayoni h’ozirgi kun-da h’am davom etmokda.
Xususan, bugungi kunda Indoneziya umumiy ah’olisining 90 foizdan ortig’ini musulmonlar tashkil etmoqda. Axrliningaso-siy qismini tashkil etuvchi yava, sundak, minangkabay, bugu, bataki millatlari vakillari islomga e’tiqod qiladilar.
Shu bilan birga, musulmon ah’olining ayrim qatlamlari ora-sida h’ali h’am islomgacha bo`lgan davrdagi udumlar saqlanib qola-yotganini ko`rish mumkin.
Mamlakatda ilk islomiy h’arakatlarning kelib chiqish ta-rixi 1921 yilda mustamlakachilarga qarshi bo`lgan «Islom bir-ligi» h’arakati bilan bog’liq. Turli kelishmovchiliklar oqiba-tida inqirozga yuz tutgan, mazkur tashkilot 1930 yilda qayta tiklanib, «Indoneziya islom partiyasi» nomini oldi va musta-Qil siyosiy partiya sifatida faoliyat olib bordi, 1973 yilga kelib, ekstremistik faoliyati uchun xukumattomonidan rasman taqiklandi.
1926 yilda tashkil etilgan «Na xdatul Ulamo» tashkiloti-ning shiori va maqsadi ah’oli o`rtasida islomni targ’ib qilish edi. Bu tashkilot h’am 1953 yilda smyosiy partiya darajasini oldi va oxirgi yillarga kelib, mamlakatda keskin siyosiy va-ziyatni yuzaga keltirdi. Oqibatda 1984 yilda uning faoliyati h’am to`xtatildi.
So`nggi yillarda Indoneziyada sodir etilgan qator terror-chilik h’arakatlari, h’ukumatga qarshi chiqishlar yuqoridagi kabi tashkilotlarning faoliyati beiz ketmagani, mamlakatda maxfiy faoliyat olib borayotgan ba’zi diniy-ekstremistik h’arakatlar tegishli imkoniyatlarga ega ekanini ko`rsatadi.
Geografik va strategik jih’atdan juda qulay erda joylashgan Malayziya ah’olisining 53 foizini sunniylik yo`nalishining shofiiy mazxabiga e’tiqod qiluvchi musulmonlar tashkil etadi.
Musulmonlarning aksariyatini mamlakatning g’arbiy tuman-larida yashaydigan malay va sharqiy mintaqalarida istiqomat qiladigan kadazine, klemantan va melanau millatlariga mansub ah’oli tashkil etadi. Bundan tashqari arablar va Hindistondan kelib qolgan musulmonlar h’am bor.
Malayziya Konstitutsiyasi turli dinlarga erkin e’tiqod qilishni kafolatlasa-da, islomning sunniylik yo`nalishi ras-miy din sifatida qabul qilingan. Rasmiy h’ukumat islom dini • keng tarqalishiga h’ar tomonlama zamin yaratmoqda. Jumladan, islom dinini qabul qilganlar turli imtiyozlarga ega bo`ladilar. Shuning uchun h’am, xudoga ishonmasa-da, mazkur dinga e’tiqod qilishni afzal ko`radiganlar ko`p uchraydi.
Yuqorida qayd etilgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari-dan tashqari ah’olining umumiy tarkibidagi ulushi biroz kam-roqbo`lsa-da, musulmonlar yana bir qator davlatlarda ko`p mil-lionli jamoaga egaligini ta’kidlash zarur. Xususan, Tailandda islom diniga e’tiqod qiluvchilar mamlakat ah’olisining 6 foi-zini (2 million) tashkil etadi. Ular asosan mamlakatning ja-nubiy qismida istiqomat qiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling