Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet11/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Filippin davlatida esa musulmonlar umumiy ah’olining 6-7% foizini (3 million) tashkil qilib, ular mamlakatning janubida yashaydilar. Magindanao, maranao, tausugu, samala, bad-jao, jakuna, sangila, melebugnon, xamamaluna kabi yirik elat-lar islom diniga e’tiqod qiladilar.
Oxirgi yillarda Filippinda «Abu Sayyof» radikal islomiy guruh’ining xorijiy sayyoxlarni garovga olib, h’ukumatga qarshi o`z talablarini ilgari surishi ushbu mintaqada h’am ekstremizm va terrorizm bosh ko`tara boshlaganini ko`rsatib turibdi.
Ko`p millatli Vetnamga islomning kirib kelishi malay xal-qiga qondosh bo`lgan tiyam xalqi va ularning h’ozirgi Janubiy Vetnam xududida XIX asrga qadar h’ukm surgan Tiyampa davlati tarixi bilan bog’liq. Manbalarda qayd qilinishicha, milodiy 960-1279-yillarda h’ukm surgan Sun davlatida h’am tiyamlar-ning ma’lum qismi islomga kirgan edi. XIII—XIV asrlarga ke-lib esa, tiyam xalqining aksariyati islomni qabul qildi. Bu-gun birgina Vetnamning Xoshimin shah’rida 9 ta masjid va 3 ta namozgoh’faoliyat ko`rsatmokda. Keyingi paytlarda vetlar ora-sida h’am islomni qabul qilish kengayib bormokda. Jumladan, Longan o`lkasi musulmonlar jamoasi vetlardan iborat.
Qayd etilgan ayrim o`ziga xosliklardan qati nazar, Afrika qit’asi va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlarining deyarli barchasiga xos umumiy bir jih’atni xam qayd etish lozim. Islom dini turli joylarda musulmonlarning maishiy va ma’-naviy h’ayotlariga bir xilda kirib borgani yo`q. Turli xalklar h’atto, h’ududlardagi islomning ko`rinishi bir-biridan farq qila-di. Xususan, bunda islom avvalgi mah’alliy dinlar, h’induiylik va buddaviylikka duch kelgani va ular bilan birga mavjud bo`lib, o`ziga xos ko`rinish olganini ta’kidlash zarur. Ammo bu ushbu mintaqalarda islomning o`ziga xos o`rin va mavqega egaligini inkor etmaydi. Musulmonlar sonining ko`payishi barobarida esa bu o`rin yanada salmoqli bo`lishi tabiiy.


7-mavzu. Zamonaviy Musulmon olami


Reja:
1. Islomning G’arb dunyosida tarqalishi.
2. AQSh da Islom.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling