Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet14/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Germaniya. Germaniya musulmon olami bilan dastlab salb urush-
lari davrida munosabatga kirishgan edi. Sh^day bo`lsa-da, ne-mis xalqining musulmon ah’oli bilan o`zaro aloqalari faqat birinchi jah’on urushidan keyingina rivoj topdi.
Birinchi jaxrn urushi oxirlarida asirlikdan ozod etilgandan so`ng, Germaniyada yashashni afzal ko`rgan kishilar, islomni qabul qilgan nemislar va Germaniyaga ko`chib kelgan savdogar va ishchilar ' h’isobiga mamlakatda dastlabki musulmon jamoalari tarkib topdi. ! Ikkinchi jah’on urushidan keyin bu jamoa asir tushgan, ammo jazolanishdan qochib, o`z yurtiga qaytishni istamagan sho`ro musulmonlari h’isobiga kengaydi. Germaniyaning yuksalishi va ishchi kuchiga bo`lgan eh’tiyojning o`sishi sharoitida xorijdan ishchilar jalb etishga ruxsat berilishi mamlakatda musulmonlar sonining tez o`sishiga zamin yaratdi. Bu asosan, Turkiya, Marokash, Yugoslaviya, Albaniya musulmonlari h’isobiga sodir bo`la boshladi. Natijada 1920 yilda bir necha ming bo`lgan musulmonlar soni 1951 yilda 50 ming, 1971 yilda 1150 mingga etdi.
1970 yillarning oxirlarida mamlakatda qo`nim topa boshlagan musulmonlar to`lqinini Afg’oniston, 1990 yillarning bo-shidan esa Bosniya va Kosovodagi fuqarolar urushidan qochib kelganlar tashkil etdi.
Shu bilan birga bugungi kunda Germaniya bilan o`z xayotini uzviy bog’lagan va uni o`z vatani deb biladigan, uning an’anala-rini yuksak qadrlaydigan musulmonlarning ikkinchi va uchinchi avlodi vakillari qam kamol topmokdaki, bu islomning mamla-katda chuqur ildiz otayotganini ko`rsatadi.
Qozirda Germaniyadagi musulmonlarning umumiy soni 3 mil-liondan oshib ketdi va islom mamlakatda mavqei jixatdan ik-kinchi o`rinni egalladi. 70 foizdan ortig’ini tashkil etadigan turklar Germaniya musulmonlarining qiyofasini belgilab ber-mokda deyish mumkin. Shuningdek, Shimoliy Afrika va sobiq Yugoslaviyadan kelgan musulmonlar h’am ko`pchilikni tashkil eta-di. Musulmonlarning 150 mingini islomni qabul qilgan ne-mislar tashkil etishi xam Germaniya musulmonlari qiyofasiga o`ziga xoslik bag’ishlaydi.
Germaniyada birinchi masjid birinchi jah’on urushi vaqtida Berlin yaqinidagi Niksdorf shah’rida imperator Vilgelm II buyrug’iga binoan barpo etilgan edi. X.ozirda mamlakatda mas-jidlar soni h’am ortib bormokda. 1997 yilda ularning soni 26 ta bo`lgan bo`lsa, 2000 yilning boshiga kelib 66 taga etdi. Bun-dan tashqari ertami-kechmi masjidlarga aylanishi mumkin bo`lgan 2 mingdan ortiq ibodat uylari h’am bor. Mavjud mas-jidlar faoliyatini muvofiqlashtiribturuvchi, eng yiriktash-kilotlardan biri «Diniy tashkilotlarningturk-islom itti-foqi» h’isoblanadi.
Ayni paytda, mamlakatda «Islom madaniy markazlari itti-foqi», «Turk-islom ittifoqi», «Evropa islom tashkilotlari ittifoqi» va «Frankfurt islom jamiyati» kabi 50 dan ortiq musulmon uyushmalari h’am faoliyat ko`rsatmoqda.
Musulmonlarning ko`payishi va ma’rifiy islom rivoji bi-lan bir qatorda, boshqa mintaqalarda bo`lgani kabi Germaniyada h’am diniy ekstremistik xarakatlar ildiz ota boshlaganini ta’-kidlash zarur. Xususan, 30 mingdan ortiq faollarni birlash-tirgan 20 ga yaqin islomiy tashkilotlar Konstitutsiyani qo`riq-lash federal muassasasining doimiy nazorati ostiga olingan. Bunday tashkilotlar nafaqat u yoki bu musulmon mamlakatida dunyoviy h’okimiyatni ag’darib tashlash va xalifalikni barpo etish, balki Germaniyada h’am islomiy davlat qurishni o`zlarining maq-sadi deb biladilar.
Aksilterror qonunchiligi kuchaytirilganidan so`ng diniy ekstremistik h’arkatlarga qarshi kurash faollashdi. Terrorchi-kamikadzelar oilasiga yordam berib kelgan, «XAMAS»ni moliya-viy qo`llab-quvvatlashda ishtirok etib kelgan «al-Aqso» xayriya
jamg’armasi, «Kyoln xalifaligi» kabi terrorchilik tashkilot-larining faoliyati to`xtatilgani xam buni tasdiqlaydi. Shun-day bo`lsa-da, taqiklangan bunday tashkilotlar a’zolari yashirin faoliyatni davom ettirayotgani ma’lum.
Germaniyada diniy ekstremizmning muayyan o`ziga xosliklari h’am mavjud. Masalan, 1960 yillarda ushbu mamlakatda paydo bo`lgan va bugungi kunda asosan yirik shah’arlar va universitet-larda faoliyat yuritayotgan «Hizbut-taxrir» tashkilotining ne-mis o`ng ultra partiyalar bilan faol h’amkorlik aloqalarini yo`lga qo`yishga intilishi kuzatilmoqtsa.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, «Hizbut-tah’rir» o`zini qanchalik beozor qilib ko`rsatishga h’arakat qilmasin, uning asl moh’iyati dunyo davlatlari tomonidan tobora chuqurroq anglab etil-moqda. Bunga 2003 yilning 14 yanvaridan Germaniyada h’am ushbu tashkilot faoliyatining qonunan man etilgani misol bo`la ola-di. Mamlakatrasmiylari fikriga ko`ra, «Hizbut-taxrir» siyosiy maqsadlarga erishishda zo`ravonlik va terrorni oqyuvchi, unga da’vat etuvchi tashkilotdir. Qayd etilgan h’olat xalqimizning «Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi», degan h’ikmatli so`zlarining o`rinli ekanini tasdiqlaydi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling