Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari


Download 1.03 Mb.
bet15/55
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1535097
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
13- maruza matnlari

Buyuk Britaniya. Ma’lumotlarga ko`ra, 1,5 million britaniya-
lik musulmonlarning 610 mingini pokistonlik, 200 mingini
bangladeshlik, 160 mingini h’indistonlik, 350 mingini Yaqin
Sharq va afrikaliklar tashkil etadi. Ularning soni yiliga 30
mingga ko`paymokda.
Ayrim mutaxassislar, yaqin 20 yil ichida islomni qabul qilganlar soni musulmon-emigrantlar sonidan h’am oshib keti-shi mumkin deb taxmin qilmokdalar.
Islomni qabul qilayotganlarningo`rtacha yoshi 30—50 orasida bo`lib, ularning ichida o`rta sinf vakillari va ayollar ko`pchi-likni tashkil etadi. Xususan, britaniyalik musulmonlarning 1 millioni ayollar deb taxmin qilinadi. Islomni qabul qilish bilan bog’liq jarayonlar h’aqida gap ketar ekan, ayrim mutaxas-sislar uni qiyosiy teologiya rivojlanishi bilan bog’liqdeb bil-salar, ba’zilar uning ko`payib borishini ushbu din h’aqidagi salbiy ma’lumotlarning ko`payib ketishiga o`ziga xos javob sifatida bah’olaydilar.
Musulmonlarning soni ortib borishi bilan birga ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy h’ayotidagi mavqei h’am mustah’kamla-nib bormokda. Bugungi kunda Lordlar palatasida 3 ta, Umumiy palatada 1 ta, mah’alliy parlamentda 160 musulmon faoliyatolib borayotgani h’am buni tasdiqlaydi.
Mamlakat musulmonlariga, 2 ming masjid va ibodat uylari, 80 ta madrasa xizmat ko`rsatmoqda. 1962 yildan Londonda o`z ol-diga islomni targ’ib qilish h’amda musulmon va nomusulmonlar o`rtasida do`stlik rishtalarini o`rnatishni maqsad qilib qo`ygan «Birlashgan Qirollikning islom missiyasi» faoliyat olib bor-mokda. U masjidlar qoshida tashkil etilgan markazlari «Yosh mu-sulmon» gazetasini tarqatish orqali aktiv missionerlik fao-liyatini olib bormokda.
1970 yilda Londonda Saudiya Arabistoni yordamida musul-monlarning «Birlashgan Qirollik va Evropa ittifoqi» tash-kiloti tuzildi. 1979 yildan mamlakatda «Islom matbuoti it-tifoqi» tashkil qilindi.
Musulmonlarning ko`payishi, islomning keng tarqala borishi bilan bir qatorda Buyuk Britaniyada h’am islom bayrog’i ostida fao-liyat yuritadigan diniy ekstremistik tashkilotlar h’am paydo bo`lga-nini ta’kidlash zarur. Jumladan, «Xizbut-taxrir»ning shtab kvar-tirasi aynan Britaniyada joylashgan deb isoblanadi. Shuningdek, mamlakatda terrorchilikni qo`llab-quvvatlovchi «Islom xayriyasi» tashkiloti h’am faoliyat olib boradi.
«Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi yangi qonun bo`yicha mamlakatda 21 tashkilot terrorchilik uyushmasi ro`yxatiga olingan bo`lib, ulardan 14tasi islom bayrog’i ostida faoliyatolib boradi.
Umuman olganda, xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, h’ozir-da Gretsiyada o`zgarishsiz qolayotganini va Islandiyada deyarli yo`k,ligini inobatga olmaganda, G’arbiy Evropaningbarcha mam-lakatlarida musulmonlarning soni tez o`sib bormoqda. Buning bir qator sabablarini ko`rsatish mumkin. Eng avvalo, musulmon oilalarida tug’ilishning yuqoriligini va bunga zid ravishda evropalik (xristian) oilalarda tug’ilishning pasayib ketayotga-nini ta’kidlash zarur. Bunda «Bitta oila-bitta farzand» degan yondashuvning ustuvorligi va ayni paytda, mutaxassislar fik-richa, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan feministik h’arakatlar h’am o`z ta’sirini o`tkazmokda.
Bujarayon moddiy qashshoklik, iqtisodiy qiyinchiliklar, mil-latlararo nizolar, fuqarolar urushidan qochishga intilayotgan ki-shilarningtinch va iqtisodiy jih’atdan rivojlangan Evropa mam-lakatlarida qanday bo`lmasin o`rnashib olishga h’arakat qilishlari natijasida h’am chuqurlashib bormokda.
Musulmonlar «an’anaviy jamiyat» vakillari bo`lib, ularda qon-qardoshlik aloqalari kuchli ekani e’tiborga olinsa Evropa mam-lakatlarida ularning yangidan-yangi mavzelari tez ko`payib borayot-ganining yana bir sababini tushunib etish mumkin bo`ladi. «Ochiq jamiyat» tamoyillari h’ukmronligi, o`zgacha qadriyatlar, an’analar,
urf-odatlar, turmush tarziningh’imoya qilinishi, qon-qardoshlik aloqalarini tiklashga xizmat qiladigan tegishli h’uquqiy, demok-ratik tizimlarining mavjudligi h’am bunga xizmat qilmokda.
Shu bilan birga, mavjud iqtisodiy munosabatlar, ya’ni, bun-day aloqalarning mustah’kamligi va emigrantlar h’ayoti, meh’nati uchun h’uquqiy kafolatlarning mavjudligi h’am ko`proq «joziba-dor» omil sifatida chiqmoqda.
Musulmonlar sonining o`sishi h’aqida gap ketar ekan, bunda lisoniy yaqinlik omili h’am muh’im omil bo`layotganini qayd etish lozim. Boshqacha aytganda, Er yuziningturli chekkalaridagi mus-tamlakalarida o`z tillari va madaniyatini singdirishga xarakat qilgan va bu yo`lda muayyan muvaffaqiyatga erishgan davlatlar asosiy emigratsiya unvoniga aylanmokda. Frantsiya musulmonla-rining katta qismi Mag’rib (Jazoir, Tunis, Marokash)dan, ang-liyalik musulmonlarning aksariyati Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan ko`chib kelganlar ekani h’am buni tasdiqlaydi.
Va, nih’oyat, Evropa tub ah’olisining islomni qabul qilishi bilan bog’liq jarayonlar chuqurlashib borayotgani h’am musulmon-larning ko`payib borishiga zamin yaratayotganini ta’kidlash zarur. Shu bilan birga, Evropaning deyarli barcha mamlakatlarida islomiy diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib bor-mokdaki, bu mintaqa ah’olisida islom to`g’risidagi noto`g’ri ta-savvurlarning shakllanishiga h’am o`z ta’sirini o`tkazmokda.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling