Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizm -
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
3-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizm -jamiyat barqarorligiga tah’did
Reja: 1. Eksremizmning mazmun-moh’iyati. 2. Terrorizm tushunchasi. 3. Terrorizmning moliyaviy manbalari. Ekstremizmning mazmun-moh’iyati. «Ekstremistik» so`zi esa «akl bovar qilmas darajada», «h’addan oshish» ma’nolarini bildira-di.Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarash-larni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati h’isoblanadi. Turli ekstremistik guruh’larning o`zaro munosabatida doi-miy kelishmovchilik va janjallar, voqelikning keskin o`zga-rishi sharoitida ular bo`linib ketadigan guruxdar o`rtasidagi «revolyutsionerlikda» musobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq sektalarga xos mistik tildan, e’tiqodga da’vat qilish yoki un-dan «chetlashish», «shakkoklik» uchun jazolash kabi uslublardan foydalanish xosdir. Amerikalik sotsiolog K.Keniston «bunday guruxlarda odatiy shaxsiy nizolar, liderlik uchun kurash, did va qarashlardagi farqsezilarli darajada o`sib, ba’zida, xatto, h’ayot-mamot masalasigacha etib boradi», — deb yozgan edi. Yashirin «armiya»larning ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (italyan terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da — «jovalalar») deb ataladigan tezkor birliklardan tashkil topa-di. Ular bir-birlarini faqat laqablari orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruh’lardan iborat piramida shaklida tuzila-di. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir xil. «Jangovar guruh’» tashkilot a’zolaritschng asosiy eh’tiyojla-rini qondirish, jangarilar tashqariga chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muh’itni yaratishdek ko`plab vazifani bajaradi. Bir so`z bilan aytganda, jangovar guruh’terror xurujini uyushtirishdek asosiy vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muh’it vazifasini h’am bajaradi. Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a’zolar-ning qo`shilishi, ko`pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi h’amda bir qancha tanlov va sinov bosqichlarini o`z ichiga oladi. Ekstremistik h’arakatlarning eng quyi tabaqasi ko`pincha siyosiy tusga ega bo`lmagan, mayda zo`rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bog’liqbo`ladi. Bunday zo`rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo`yilgan bi-rinchi qadam bo`ladi. O`z doirasiga yangi kimsalarni tortar ekan, terrorchilik guruh’i yoki uning rah’bariyati so`zsiz bo`ysunishni va «ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar «h’amma narsani biluvchi» va ularga yo`lboshchilik Qiluvchi sarbonga duch keladilar. Hozirgi davrda eng avvalo axborot chegaralarining barh’am topishida o`zligini namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar xalqaro munosabatlar mazmunini belgilagan ikki qarama-qarshi kuch — sotsializm va kapitalizm o`rtasidagi o`zaro kurashning barh’a.m topishi natijasida ekstremizm va terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va umuman dunyo xavfsizligiga asosiy taxdid sifatida birinchi o`ringa chiqdi. Qo`poruvchilik faoliya-tiningturli ko`rinishlarini o`z ichiga olgan infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash o`rta-sidagi kurash h’ozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko`p qutbli dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb etmokda. Bu, birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizmning anar-xizm va fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi h’isob-langan va ommaning keng qatlamlari bilan bog’lovchi h’alqa si-fatida islom shiorlaridan ustalik bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan h’ech qanday aloqasi yo`qligini moh’irona yashira oladigan h’olat kasb etdi. O`z vaqtida, XX asrning 70-yillarida, terrorchilar xalq bilan birgalikni ko`rsatish va uning nomidan h’arakat qilish uchun kommunizm shiorlari os-tida faoliyat yuritishi va shu yo`l bilan mablag’ to`plashi qulay-roq edi. O`sha yillarda Lotin Amerikasida ekstremistik ruh’-dagi kommunistparast tuzilmalarning jangarilari jamiyatda parokandalikni yuzaga keltirish va tartibsizlik to`lqinida kommunistlarningh’okimiyatni qo`lga olishiga sharoit yaratish-ga qaratilgan ko`plab terrorchilik xurujlarini sodir etardi-lar. Biroq aksariyat h’ollarda, ular h’okimiyatni qo`lga olish niyatlariga erisha olmadilar va jamiyat a’zolari diqqatini jalb qilish maqsadini ko`zlagan shov-shuvli terrorchilik xu-rujlarini amalga oshirish bilan qanoatlanishga majbur bo`ldi-lar. Ekstremistik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida ja-miyatni qo`rquv va vah’imada tutib turish va shu yo`l bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu esa o`z navbatida, jamiyat taraqqiyotini va ijtimoiy h’ayotningturli jabh’alarida barqa-rorlikka erishishni jiddiy qiyinlashtirar edi. Bugungi kunda kommunistik shiorlar unchalik h’am mashh’ur emas, ekstremistik tuzilmalarni «qizil rangi» uchun yirik mablag’lar bilan qo`llab-quvvatlagan SSSR h’am yo`q. O`z navbati-da, AQSh va uning sheriklariga h’am, javob tariqasida shunga o`xshash tuzilmalarni qo`llab-quvvatlash uchun yirik mablag’larni sovurishiga h’ech qanday zarurat qolmadi. Birok, yangi sharoitda h’ar xil turdagi buzg’unchilik, beqarorlikni keltirib chiqarish-ga qaratilgan vositalar bugun h’am ana shu maqsadlarga faqat islom shiorlari ostida yo`naltirilayapti, xolos. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling