Buyuk Britaniya Iqtisodiyoti (United Kingdom Economy)
Download 8.53 Kb.
|
BBI
Buyuk Britaniya Iqtisodiyoti 211-Iqtisodiyot Boltaboyev SardorbekBuyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani , sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 67 million kishi(22-o’rin). Poytaxti - London shahri. Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 5 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat.Buyuk Britaniya yalpi ichki maxsuloti Buyuk Britaniya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan ijtimoiy bozor va eng globallashgan iqtisodiyotidir. 2022-yilda Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsuloti 3,07 trillion dollar ni tashkil etgan. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda va Yevropa bo’yicha 2-o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsuloti jahon iqtisodiyotining 1,36 foizini tashkil qiladi. Aholi jon boshiga YaIMining to’g’ri kelishi $49,125 bo’lib,dunyo boyicha 21-o’rinda turadi. Aholi jon boshiga YaIM xarid qobiliyati pariteti(PPP) esa $59,428 bo’lib, dunyo boyicha 10-o’rinni egallaydi.Yalpi ichki maxsulot sektorlardagi ulushlar Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulotiga eng katta hissa qo'shadigan tarmoqlar xizmatlar, ishlab chiqarish, qurilish va turizmdir. Ulardan qishloq xo‘jaligi 0,71 foiz, ishlab chiqarish 17,86 foiz va xizmatlar sektori 70,95 foiz hissa qo‘shgan.Buyuk Britaniya Iqtisodiyoti tarixi haqida qisqacha 18-asrda Britaniya sanoatlashgan birinchi davlat boʻldi. 19-asrda oʻzining ulkan mustamlaka imperiyasi va texnologik ustunligi tufayli Britaniya jahon iqtisodiyotida muhim rol oʻynadi va 1870 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining 9,1% ni tashkil etdi.Ikkinchi sanoat inqilobi AQSh va Germaniya imperiyasida ham tez sodir bo'ldi. Bu Buyuk Britaniya uchun 20-asrga olib boruvchi o'sib borayotgan iqtisodiy muammo edi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridagi jangovar xarajatlar Angliyaning nisbiy mavqeini yanada zaiflashtirdi. O'zining global hukmronligining nisbatan pasayishiga qaramay, 21-asrda Britaniya butun dunyo bo'ylab sezilarli kuch va ta'sir ko'rsatish qobiliyatini saqlab qoldi.Download 8.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling