Diniy tashkilot


-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar teng huquqliligi


Download 39.74 Kb.
bet4/15
Sana18.06.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1583571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (15)

6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar teng huquqliligi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdir.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik eʼtiqodi bilan bogʻliq holda fuqarolarda adovat va nafrat uygʻotish yoxud ularning his-tuygʻularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy eʼtiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim oʻz diniy eʼtiqodlarini sabab qilib boʻyin tovlashi mumkin emas. Diniy eʼtiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi
Oʻzbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati oʻzaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.
Davlat turli dinlarga eʼtiqod qiladigan va ularga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qoʻyish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaydi.
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil boʻladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid boʻlmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga eʼtiqod qiluvchilarning din bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlaydigan faoliyatga yoʻl qoʻymaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya
va boshqa jamoat birlashmasining, respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki boshqa yordam koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling