Diniy turizm tarixi
Lurd, Polshaning Yasna-Guru
Download 111.7 Kb.
|
Christian Dior. not full
- Bu sahifa navigatsiya:
- «qon tomchisi»
Lurd, Polshaning Yasna-Guru shaharlaridagi muqaddas qadamjo joylar xristian
diniga e’tiqod qiluvchi millionlab ziyoratchi sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqdalar. Rivoyatlarga ko‘ra, Iiusus Xristos vafotidan so‘ng uning jasadi zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolarga o‘ralib, xushbuy hid tarqatuvchi mirra smolasi va zaytun yog‘iga shimdirilib qoyadagi g‘orga joylashtirilgan. Kafan ehtiyotkorlik bilan saqlanganligi sababli xristianlar unga muqaddas tabarruk sifatida hanuzgacha sig‘inib kelmoqdalar. XIX asr o‘rtalariga kelib, Iiusus Xristosga ta’luqli 42 donadan iborat asl nusxaga ega bo‘lgan kiyim kechaklar: yelkaga tashlanadigan, yengsiz kamzullar ham saqlanib qolgan. Hozirgi kunda bu kamzullar Italiyaning Turin shahridagi bosh soborida kumush bilan zirhlangan nafis sandiqchada hamon saqlanib kelinmoqda. U har 25 yil mobaynida bir marta xalq ommasi oldida namoyish etiladi. Bunday paytlarda Turin shahriga 3 mln. ga yaqin ziyoratchilar kelishadi. Tabarruk narsaning oxirgi marotaba namoyish amallari 2003 yilda o‘tkazilgan. Uni ko‘rish uchun kishilar 15-16 soatdan ortiq navbat kutib turishadilar. 160 Boshqa bir muqaddas narsa Iiusus Xristosga tegishli «qon tomchisi» bo‘lib, u Belgiyaning Bryuge-shahridagi ibodatxonada saqlanib kelinmoqda. O‘z vaqtida bu tabarruk narsani Iyerusalim patriarxi (ruhoniysi) Belgiyalik graf Geri Elzasskiyga sovg‘a sifatida hadya qilingan. Hozirgi paytda har juma kuni muqaddas «qon tomchisi» billurdan yasalgan maxsus idishda “Qon kuni” bayramida ommaga namoyish qilinadi va ziyoratchilar tomonidan tavob etiladi. Bayram tantanalari butun Bryuge shahri ko‘chalari bo‘ylab o‘tkaziladi va unda o‘n minglab ziyoratchisayyohlar qatnashadilar. Download 111.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling