Diniy turizm tarixi


Download 111.7 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi111.7 Kb.
#1834419
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Christian Dior. not full

Buddizm dini markazi. Buddizm dini o‘zining keng ko‘lamligi jihatidan
dunyoda xristian va islom dinlaridan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Buddizm ilk
bor qadimgi Hindiston hududida eramizdan oldin VI-V asrlarda paydo bo‘lgan.
Keyinchalik u Janubiy Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo qisman O‘rta Osiyo va
Sibirga tarqalgan. Hozirgi kunda buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar Xitoydagi
Himolay tog‘ida joylashgan muqaddas Lxasa shahriga qadamjo qilishadilar. Shahar
dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerda Dalay-Lama
monastri va juda katta saroy joylashgan. Ushbu saroy XVII asrda qurilgan bo‘lib,
mingdan ortiq xonalardan iborat. Saroyda o‘n mingga yaqin sig‘inadigan narsalar va
20 mingdan ortiq turli xil haykallar mavjud. Dalay–Lama saroyida butunjahon
buddizm dini boshqarmasi joylashgan.
Buddizm dinining ikkinchi bir muqaddas, sajdagoh markazi Shri Lanka
davlatining Kandi shahrida joylashgan. Shaharning markaziy qismida Dalida
Maligava ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, unda Buddaning chap qoziq tishi
hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, Buddani olovda kuydirish
(krematsiya qilish) chog‘ida uning shogirdlaridan biri tishini sug‘urib oladi. Ushbu
tish Hindistonda sakkiz asr davomida saqlanadi va hind malikasi Xemalakta xonim
tomonidan yashirincha Shri-Lankaga olib kelinadi. Buddaning tishi muqaddas va
mujiza sifatida hamon saqlanib kelinmoqda.
Har yili iyul oyining oxiri va avgust oyi boshlarida Kandi shahrida “Tish
marosimi” bayrami o‘tkaziladi va u bezatilgan fillarda butun shahar ko‘chalari
bo‘ylab tantanali ravishda namoyish etiladi. “Tish marosimi” bayrami butun dunyo
bo‘yicha buddizm diniga e’tiqod qiluvchi ziyoratchi sayyohlar bilan to‘lib-toshib
ketadi va ushbu tantanalar qariyib o‘n kun davom etadi.
Buddizm dinida haykallarga ham sig‘inish va sajda qilish keng tarqalgan.
Masalan, Yaponiyaning Osakadan uncha uzoqda bo‘lmagan Nara shahrida Todayzi
ibodatxonasi bo‘lib, unda dunyoga mashhur bo‘lgan Buyuk Budda bronza haykali
mavjud. Uning balandligi 16 metrga yetadi. Ushbu muqaddas sajdagohga keladigan
sayyohlar soni beqiyos ko‘pdir.

Download 111.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling