Diniy turizm tarixi


Download 111.7 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi111.7 Kb.
#1834419
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Christian Dior. not full

Xristian dini markazlari. Hozirgi kunda xristianlar diniga mansub bo‘lgan
yer yuzasidagi xalqlarning muqaddas sig‘inishadigan joylari juda ko‘p bo‘lib,
ularning aksariyat qismi Yevropada Rim (Italiya), Parij va Lura (Fransiya). Fotima
(Portugaliya), Varshava (Polsha), Monserrat (Ispaniya) shaharlarida joylashgandir.
Xristianlarda eng qadrli sajdagohlaridan biri - bu Parij shahridagi Notr-Dam
ibodatxonasi bo‘lib hisoblanadi. Bu ibodatxona Iiusus Xristosning chillak qilinishi va
o‘limi bilan bog‘liq muqaddas joy bo‘lib, butun Fransiya sayyohlarni o‘ziga jalb
etuvchi maskan bo‘lib hisoblanadi. Notr-Dam ibodatxonasi butunlay tog‘olcha
daraxti materialidan yasalgan katta bir koshonadir. 1985 yildan boshlab bu yerda har
yili butunjahon xristian yoshlarining kuni o‘tkazilib kelinmoqda.
159
Ushbu yoshlar forumiga Rim papasi Ioanna Pavel II tomonidan 1985 yili asos
solingan edi. Har yili bu yerga katolik diniga e’tiqod qiluvchi 500 mingdan ortiq
talaba yoshlar tashrif buyurishadilar va sig‘inishadilar.
Yevropadagi eng yirik diniy markazlaridan yana biri Rim shahri bo‘lib
hisoblanadi. Bu qadim shaharda dunyoga mashhur saborlar joylashgan. Ulardan bir
San –Javanni in - Laterano IV asrda bunyod etilgan. Uni «Rimdagi va Yerdagi barcha
cherkovlarning onasi» deb ulug‘lashadi. Unda Muqaddas yodgorliklar jamlangan:
avliyo Petr va Pavel boshlari, iudey Nuh payg‘ambari, Aaronning muqaddas temir
tayog‘i, Mariyaning yoping‘ichi, Sirli oqshomlar o‘tkazilgan stol qismi, «haqiqiy
xoch» ustuni shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha tabarruk zinapoya saqlanib
qolgan. U Iyerusalimning Pilat saroyidan olib kelingan. Rivoyatlarga ko‘ra, undan Iso
payg‘ambarni qatl etishga olib chiqishganmish. 28 marmar zinalaridan faqat
tizzalarni bukibgina ko‘tarilish mumkin. Hozirgi vaqtda San-Javanni in-Laterano Rim
kafedral sabori hisoblanadi.
Rimdan tashqarida Vatikan shahar-davlati joylashgan. U katolik cherkovlari
markazi, uning rahbari Rim papasining qarorgohi hisoblanadi. Vatikanda
madaniyatning bebaho xazinalari to‘plangan. Jumladan Avliyo Petr sabori o‘zining
ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Bu yerga dunyoning hamma tomonlaridan
ziyoratchilar oqib keladi. Udumga ko‘ra ular yo‘l ko‘rsatuvchi Avliyolar mashhur
xaykallari poyini o‘pib, tavof qiladilar. Katolik bayrami - Pasxa kunlari ayniqsa
Vatikan gavjum bo‘ladi. Papa Avliyo Negra maydoniga to‘planganlarga xudodan
ezgulik tilaydi. Uning ta’sirli nutqi toat-ibodat ruhiga singib dinga e’tiqod
qiluvchilarni chuqur hayajonga soladi. Barcha katoliklarning Oliy martabali Otasi
ilohiy so‘zlarini jon quloqlarini berib tinglashadi.
Yuqorida tilga olingan xristian muqaddas yodgorliklari va udumlari va
udumlari ro‘yxati shular bilan tugamaydi. Ilohiy sig‘inish joylari va buyumlari xilmaxilligi, soni bo‘yicha dunyoning biror boshqa dini xristianlikka teng kelmaydi.
Shuni qayd qilish kerakki, hozirgi kunda ham Yevropaning boshqa
hududlarida ham, jumladan Belgiyaning Bryuge, Italiyaning Turin, Fransiyaning

Download 111.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling