Dinlari tarixi
MUXTORJON ABDULLOH BUXORIY
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABDURASHID QORI ABDUMO‘MIN QORI O‘G‘LI BAHROMOV
- Yusuf Xos Hojib
MUXTORJON ABDULLOH BUXORIY
Muxtorjon Abdulloh Buxoriy 1928-yili Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Buxorodagi Mir Arab, Tosh- kentdagi Baroqxon madrasalarida, Suriyadagi Da- mashq jomesining shariat kulliyasida tahsil olgan. 1993–1997-yillari Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi, muftiy bo‘ldi. 2002-yili vafot etgan. ABDURASHID QORI ABDUMO‘MIN QORI O‘G‘LI BAHROMOV Abdurashid qori 1953-yili Andijon shahrida tavallud topdi. Dastlabki Qur’on ilmlarini otasi Abdumo‘min qoridan o‘rganib, 16 yoshida Qur’oni karimni to‘liq yod oldi. U Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Tosh- kent Islom institutida tahsil oldi. 1997–2006-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozi- mida faoliyat ko‘rsatdi. 1997–2006-yillarda O‘MI din niqobidagi ekstremizmga qarshi faol ish olib bordi. Aholi o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohada tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Respublika masjidlar- da olib boriladigan juma ma’ruzalari tartibga solin- Muxtorjon Abdulloh Buxoriy (1928-2002) Abdurashid qori (1953 -2011) 111 Zakovat bilan odam yuksaklik oladi, bilim bilan ulug‘likka erishadi. Yusuf Xos Hojib di. Juma tezislari O‘MIning fatvo bo‘limi tomonidan tayyorlanib masjidlarga tarqatiladigan bo‘ldi. USMONXON TEMURXON O‘G‘LI ALIMOV Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Buxorodagi Mir Arab madrasa- sida, Toshkent Islom institutida, Marokashdagi Qaro- viyin universitetida tahsil olgan. 2006-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozi- miga saylangan. Usmonxon Alimov davrida islom dini sohasi- da ko‘plab ishlar amalga oshirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Hastimom majmuasi va boshqa ziyorat gohlar ta’mirlandi. O‘zbekiston islom sivilizat- siya markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda Hadis ilmi oliy maktabi, Aqoid, Kalom, Hadis, Fiqh, Tasavvuf ilmi maktablari tashkil etildi. Usmonxon Alimov «Tafsiri Irfon», «So‘ragan edingiz», «Sunnat va Hadis» hamda boshqa o‘nlab asarlar muallifi hisoblanadi. Usmonxon Alimov 1. Sektalar o‘z maqsadlarini amalga oshi rish da qanday yo‘l tutadilar? 2. Sektalarning faoliyati jamiyat rivoji va tinchlikka qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin? 3. Hozirgi zamonda dunyo diniy manzarasi o‘zgarishida asosan qanday omillar rol o‘ynamoqda? 4. O‘zbekistonda qanday konfessiyalar faoliyat yuritadi? 5. O‘zbekiston musulmonlar idorasi faoliyati haqida ma’lumot to‘plang. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling