Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESHON BOBOXON IBN ABDULMAJIDXON
TARIXGA NAZAR
1943-yil 20-oktabrda Tosh- kent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston ulamola- rining 1-Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonla- rining Diniy boshqarmasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Diniy boshqarmaga rahbar va muftiy etib Eshon Boboxon saylangan. Diniy boshqarma tarkibiga min- taqadagi beshta respub lika — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qozilar rahbarlik qiladigan Diniy boshqarmaning vakilliklari kiritilgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi 108 dagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqdi. Bun- dan tashqari mamlakatimizda ta’mirga muhtoj bo‘lgan Toshkent shahridagi Suzuk ota, Xorazmdagi Doshqin- jon bobo, Qashqadaryodagi Abulmuin Nasafiy, Surxon- daryodagi Abu Iso Termiziy, Buxorodagi yetti pir va boshqa ziyoratgohlar ta’mirlanib, aholining ma’na- viy-ruhiy ozuqa oladigan markazlariga aylanmoq da. Shuningdek, O‘MI nomlari mazkur ziyoratgohlar bi- lan bog‘liq bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning qoldirgan ilmiy-ma’naviy meroslari, ibratli hayotlari bo‘yicha nashrlarni ham faol chop etib kelmoqda. ESHON BOBOXON IBN ABDULMAJIDXON Eshon Boboxon dastlab uyda otasidan, so‘ngra Buxo- rodagi Mir Arab madrasasida mashhur ustozlardan tahsil oldi. Tirishqoqligi, aql-zakovati bois tafsir, hadis, aqoid, fiqh bilimdoni bo‘lib yetishdi. Bir necha yillar Mo‘yi Muborak jomeyida imom-xatiblik va madrasada mudar- rislik qildi. 1943-yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmon- larining diniy nazorati raisi, muftiy etib saylandi. O‘sha yillari musulmonlar vakillarining haj safariga borishlari yo‘lga qo‘yildi. Mir Arab madrasasi qaytadan faoliyat boshladi. Masjidlar haqida Nizom ishlab chiqildi, diniy boshqarma kutubxonasiga asos solindi, xalqaro aloqalar kengaydi. Eshon Boboxon 1957-yilda vafot etdi va Is- moil Qaffol Shoshiy qabri yoniga dafn etildi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling