Dinlari tarixi
ZIYOVUDDINXON IBN ESHON BOBOXON
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev
- SHAMSUDDINXON BOBOXONOV
- SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF
ZIYOVUDDINXON IBN ESHON BOBOXON
Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 1908-yilda Tosh- kent shahrida tavallud topgan. O‘z davrining yetuk ulamolaridan saboq oldi. O‘n ikki yoshida Qur’oni ka- Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1856-1957) Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Shavkat Mirziyoyev 109 rimni to‘la xatm qilib, hofizul Qur’on bo‘ldi. Toshkent- dagi Ko‘kaldosh madrasasida, Qohiradagi Azhar uni- versitetida, so‘ngra Makka, Madina shaharlarida tahsil oldi. 1957-yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmon- lari bosh qarmasi raisi etib saylandi va umrining oxiriga (1982-yil) qadar ana shu vazifada samarali ishladi. SHAMSUDDINXON BOBOXONOV Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakulteti- ni bitirgan. Qohiradagi Azhar universitetida tahsil oldi. 1982–1989-yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mu- sulmonlari diniy boshqarmasining raisi, muftiy bo‘lib ishladi. O‘rdun Qirollik akademiyasining haqiqiy a’zo- si, Xalqaro Ibn Sino mukofoti sohibi. 2003-yilda vafot etgan. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989–1992 yillar davomida O‘rta Osiyo va Qozog‘is- ton musulmonlari diniy boshqarmasiga rahbarlik qil- gan. Butun umrini jamiyatning diniy-ma’rifiy yuksalishi yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan. Uning bu xizmat- lari xalqaro islom olamida e’tirof etilgan. Shayx Mu- hammad Sodiq Muhammad Yusuf qator xalqaro islom tashkilotlari, jumladan: — Makka shahridagi Islom olami uyushmasining ta’sis majlisi; — Dunyo tasavvuf uyushmasi; — Dunyo musulmonlar ulamolari kengashi; — Islomobod shahridagi Butun dunyo islom uyush- masi; — Dunyo masjidlari uyushmasi; Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908-1982) Shamsuddinxon Boboxonov (1937-2003) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) 110 — Iordaniyadagi Oli Bayt tashkilotiga qarashli Islo- miy fikrlar akademiyasi a’zosi hisoblangan. Olim hayoti davomida xalqning ma’naviyati va ma’ri- fatini boyitadigan va diniy savodxonligini oshirish ga xiz- mat qiladigan yuzdan ziyod kitoblar yozdi. Uning «Hadis va hayot» to‘plami, Qur’oni karim ma’nolarining sharhi hisoblangan «Tafsiri hilol», «Ol- tin silsila», «Baxtiyor oila», «Ruhiy tarbiya», «Odoblar xazinasi», «Kifoya» va boshqa kitoblari xalqimizning ma’naviy xazinasidir. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling