Dinlari tarixi
Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI
- MA’LUMOT UCHUN
- TARIXGA NAZAR
Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan
36 Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuk- sak fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng katta gunohlar sifatida e’tirof etiladi. Jumladan, Tripi- takaning «Dxammapada» kitobida shunday deyiladi: «Illoki, bu dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan yengilmaydi, balki nafratning yo‘qligi bilan u ham bar- ham topadi». O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI Jahon dinlarining eng qadimiysi bo‘lgan buddaviylik- da muqaddas manba – Tripitakaga katta ehtirom ko‘rsa- tiladi. Pali tilida yozilgani sababli ham mazkur kitob «Pali kanoni» deb ham nomlanadi. Hozirgi kunimizga qadar «Pali kanoni»ning ko‘plab qismlari ingliz tiliga tarjima qilingan. Tripitakaning rus tiliga tarjimalari XIX asrda paydo bo‘lgan. Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya «Qadim- gi Ahd» (yahudiylarda «Tanax») va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan «Qadimgi MA’LUMOT UCHUN Budda ta’limoti- ning asosi «hayot – bu azob-uqu- bat» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko‘ra, inson o‘zi- ga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqa- radi. TARIXGA NAZAR Miloddan avvalgi 80-yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga yozilgan. 1871-yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon buddaviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar plitalarga yozib chiqilgan. 1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob holida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi. 37 TARIXGA NAZAR «Qadimgi Ahd»ning ilk tarjimasi miloddan avvalgi III-II asrlarda grek tiliga tarjima qilingan. U «Septuaginta» – yetmish tarjimon ishi deb ataladi. 390-405-yillar orasida Bibliya matni lotin tiliga tarjima qilindi. V asrda Bibliyaning to‘liq matni arman, got, gruzin va boshqa tillar- ga o‘girildi. 1380-yilda esa lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. 1581-yili ilk bor slavyan-cherkov tilidagi Bibliya dunyoga keldi. 1818-yilga kelib esa uning ilk qismlari rus tilida chop etildi. Ahd» qadimiy oromiy tilida, «Yangi Ahd» esa qadim gi grek tilida yozilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilin- gan. 1991-yilda ilk bora Bibliya kitobi ayrim qismlarining o‘zbek tiliga tarjimasi amalga oshirilgan. 1994-yilda respublikamizda O‘zbekiston Bibliya kitob jamiyati tu- zilgan. 2017-yil iyun oyida jamiyat tomonidan ilk bora Bibliya to‘lig‘icha o‘zbek tiliga tarjima qilingani e’lon qilindi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling