Dinlari tarixi


«Internetdagi tahdidlardan himoya» kitobidan olindi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

«Internetdagi tahdidlardan himoya» kitobidan olindi.


98
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT XURUJLARINING 
OLDINI OLISH BO‘YICHA HARAKATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi 
materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish so-
hasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan 
«O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi 
materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliya-
tini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy 
mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik eksper-
tizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar tas-
diqlandi.
Ushbu nizomlar O‘zbekiston Respublikasi hududida 
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish 
va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi-
ni, diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik 
ekspertizasidan o‘tkazish tartibi, shuningdek, O‘zbekis-
ton Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va 
tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi material-
larning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshi-
rishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majbu-
riyatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmun-
dagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish 
bo‘yicha faoliyat hamda bunday materiallarning davlat 
dinshunoslik ekspertizasi O‘zbekiston Respublika-
si qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Pre-
zidentning qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari hamda ushbu nizomlarga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Vaqtingizni 
behuda sarfla-
mang, zero, har 
bir uvol bo‘lgan 
narsaning javobi 
bo‘ladi.
Xalq hikmati


99
1. 
Zamonaviy jangari filmlarning o‘tgan yillarda kollej o‘quvchilari 
o‘rtasida sodir bo‘lgan tartibsizliklar va jinoyatchilik bilan qanday 
aloqasi bo‘lishi mumkin?
2. 
Bunday film syujetlari o‘quvchi yoshlar tarbiyasiga qanday ta’sir eti-
shi mumkin?
3. 
O‘zbek film sahnalaridan birida bir-biri bilan urishish maqsadida 
to‘plangan yoshlar: «Mard bo‘l, erkak bo‘l, do‘stga do‘st bo‘l...» 
degan qo‘shiq kuylashadi. Mazkur jumladagi do‘st bo‘lish, erkak 
bo‘lish tushunchalarini «Oralaringizda eng kuchlilaringiz kimligini 
aytaymi? U g‘azabi kelganida o‘zini tutib tura oladiganingizdir», 
degan hadis va Qur’oni karimning «Ezgulik va taqvo (yo‘li)da 
hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat yo‘lida hamkorlik qilmangiz!» 
(Moida surasi, 2-oyati) degan ko‘rsatmasi bilan bog‘lang.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling