Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 100 XX–XXI ASRLARDA DUNYONING
IJODIY FAOLIYAT
1. Axborot deganda nimani tuhundingiz? Axborotning qanday sal- biy va ijobiy tomonlari mavjud? 2. Inson ongi uchun kurashda axborotlarning o‘rni nimada? 3. Nima deb o‘ylaysiz, inson axborot iste’moli madaniyatiga ega bo‘lishi shartmi? 4. Kinofilmlarning inson hayotiga ta’siri qanday? 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashti- rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Res- publikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy maz mundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar qanday harakatlarni tartibga solar ekan? Maz- kur nizomlarning matnlarini olib o‘qing va maz munini tushuntirib bering. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 100 XX–XXI ASRLARDA DUNYONING KONFESSIONAL MANZARASI 22-23-§ KONFESSIYA TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasi- da shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuv chilar jamoasi. Konfes- siya umumiy atama bo‘lib, xristianlik, buddaviylik kabi kat ta dinlar ham, ularning zamirida paydo bo‘lgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yo‘nalish lar ham shunday nom bilan atalaveradi. Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Chunki hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, bosh qa maz- hablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfes- siya hisoblamaydilar. Globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan birga, uning natijasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan inti- lishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling