Dinlari tarixi


MUXTORJON ABDULLOH BUXORIY


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MUXTORJON ABDULLOH BUXORIY
Muxtorjon Abdulloh Buxoriy 1928-yili Qo‘qon 
shahrida tavallud topgan. Buxorodagi Mir Arab, Tosh-
kentdagi Baroqxon madrasalarida, Suriyadagi Da-
mashq jomesining shariat kulliyasida tahsil olgan. 
1993–1997-yillari Movarounnahr musulmonlari idorasi 
raisi, muftiy bo‘ldi. 2002-yili vafot etgan.
ABDURASHID QORI ABDUMO‘MIN QORI O‘G‘LI 
BAHROMOV
Abdurashid qori 1953-yili Andijon shahrida tavallud 
topdi. Dastlabki Qur’on ilmlarini otasi Abdumo‘min 
qoridan o‘rganib, 16 yoshida Qur’oni karimni to‘liq 
yod oldi. U Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Tosh-
kent Islom institutida tahsil oldi. 1997–2006-yillarda 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozi-
mida faoliyat ko‘rsatdi. 1997–2006-yillarda O‘MI din 
niqobidagi ekstremizmga qarshi faol ish olib bordi.
Aholi o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohada tushuntirish va 
targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Respublika masjidlar-
da olib boriladigan juma ma’ruzalari tartibga solin-
Muxtorjon 
Abdulloh Buxoriy 
(1928-2002)
Abdurashid qori 
(1953 -2011)


111
Zakovat bilan 
odam yuksaklik 
oladi, bilim 
bilan ulug‘likka 
erishadi.
Yusuf Xos 
Hojib
di. Juma tezislari O‘MIning fatvo bo‘limi tomonidan 
tayyorlanib masjidlarga tarqatiladigan bo‘ldi.
USMONXON TEMURXON O‘G‘LI ALIMOV
Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand 
viloyatida tug‘ilgan. U Buxorodagi Mir Arab madrasa-
sida, Toshkent Islom institutida, Marokashdagi Qaro-
viyin universitetida tahsil olgan. 2006-yil 8-avgust kuni 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozi-
miga saylangan.
Usmonxon Alimov davrida islom dini sohasi-
da ko‘plab ishlar amalga oshirilganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Masalan, Hastimom majmuasi va boshqa 
ziyorat 
gohlar ta’mirlandi. O‘zbekiston islom sivilizat-
siya markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda Hadis ilmi oliy 
maktabi, Aqoid, Kalom, Hadis, Fiqh, Tasavvuf ilmi 
maktablari tashkil etildi. Usmonxon Alimov «Tafsiri 
Irfon», «So‘ragan edingiz», «Sunnat va Hadis» hamda 
boshqa o‘nlab asarlar muallifi hisoblanadi. 
Usmonxon Alimov
1. Sektalar o‘z maqsadlarini amalga oshi rish da qanday yo‘l tutadilar?
2. Sektalarning faoliyati jamiyat rivoji va tinchlikka qanday ta’sir 
o‘tkazishi mumkin?
3. Hozirgi zamonda dunyo diniy manzarasi o‘zgarishida asosan 
qanday omillar rol o‘ynamoqda?
4. O‘zbekistonda qanday konfessiyalar faoliyat yuritadi?
5. O‘zbekiston musulmonlar idorasi faoliyati haqida ma’lumot 
to‘plang.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling