105
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KONFESSIYALARARO
MUNOSABATLAR
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular quyidagilardir:
– Islom (O‘zbekiston musulmonlari idorasi);
– Pravoslavlik (Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi);
– Katoliklik (Rim-katolik cherkovi);
– Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi);
– Arman-apostol cherkovi;
– Pyatidesyatniklar (To‘liq injil xristianlari);
– Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi);
–
Novoapostol cherkovi;
– Yettinchi kun adventistlari;
– «Golos bojiy»; Iegovo shohidlari;
–
Koreys protestant cherkovlari;
– Yahudiylik;
– Bahoiylik;
–
Krishnani anglash jamiyati;
– Buddaviylik.
«O‘zbekiston bibliya kitob jamiyati» esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa
konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da,
diniy konfessiya maqomiga
ega emas.
Maqsadimiz – tinchlik, ham-
korlik va taraqqiyot.
Moskva va Butun Rus Patriarxi
Kirill bilan davra suhbati
106
Mustaqillik yillarida yuzlab cherkov, sinagoga va ibodat uylari, xususan,
Toshkent, Samarqand, Navoiydagi pravoslav ibodatxonalari, Toshkent
shahri-
dagi katolik kostyoli, Samarqanddagi Arman-apostol cherkovi, Toshkentdagi
Budda ibodatxonasi qayta barpo etildi.
Hazrati Imom, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqsh
band,
Hakim Termiziy,
Imom Moturidiy, Shohi Zinda, Qosim Shayx, Zangi ota kabi qadimiy yodgor-
lik maj mualari obod qilindi va yangilari qurildi.
Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari, Bib liya tarkibidagi Yangi Ahd va Qadim-
gi Ahdning ba’zi
qismlari, masalan, «Sulaymon hikmatlari», «Rut, Ester va Yu-
nus payg‘ambarlar tarixi» o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi.
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar uchun maxsus Brayl yozuvida Qur’oni
karimni
nashr qilgan uchinchi mamlakat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: