Dinlari tarixi
Iogann Volfgang fon Gyote. G‘arb
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOT UCHUN
Iogann Volfgang fon Gyote. G‘arb
muallifining Sharq haqidagi devoni. Londonda ibodat marosimi 102 Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqi- tish hamda, asosan, yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdosh larini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urin- moqdalar. Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichi- da bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazo- rat qilinishi oqibatida ular faoliyatidan ja- moatchilik bexabar qolmoqda. Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi bosh- liqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi. Oxi- ratni 1999-yil 31-dekabrga belgilagan ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdorlarining mol-mulk- larini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga MA’LUMOT UCHUN Qozog‘istonda musulmon (2517 ta diniy tashkilot) va pravoslav (323) diniy jamoalari yetakchi o‘rinlarda boryapti. Ular mamlakatdagi e’tiqod qi- luvchi aholi qatlamining 95% ni tashkil qiladi. Turkmanistonda 99 ta diniy tashkilot islom dinining sunniylik yo‘nali- shi, 5 tasi shia oqimi, 13 tasi rus pravoslav cherkoviga (3 tasi Ashxabod shahrida joylashgan) va 11 tasi boshqa din vakillariga (Katolik cherkovi – 1 ta, Krishnani anglash jamoasi – 1 ta, Bahoiylar – 1, Baptistlar – 1, Pya- tidesyatniklar – 1, Velikaya blagodat – 1, Yettinchi kun adventistlari – 1 ta va Yangi apostol jamoasi – 1 ta) tegishli. Tojikistonda taxminan 3000 dan ziyod masjid mavjud. Shuningdek, Rus pravoslav, Yevangel xristian-bap- tistlar, Rim-katolik, Yettinchi kun adventistlari, Yevangel lyuteran, Iegovo shohidlari cherkovlari, bahoiy, zardushtiylik, yahudiy diniy jamoalari kabi diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Germaniyadagi jome masjidi Angliyadagi jome masjidi 103 chaqirgan. Qiyomatning 2001-yil 1-yanvar- ga «ko‘chirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qish log‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga qamab, us- tilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topil- gan. Bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan. Bunday sektalar ayrim insonlarning jismoniy va ruhiy ojizligi, tushkunlik holatidan chiqishga bo‘lgan intilish laridan o‘zlarining g‘arazli maq- sadlari yo‘lida foydalanadilar. Natijada adeptlar – sektalarga a’zo bo‘lganlarni o‘zlarining man- faatlari uchun xizmat qildiradilar. Hozir diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, moder- nizatsiya qilish jarayonini kuzatish mumkin. Masalan, Rim Papasi O‘rta asrlarda cherkov tomonidan amalga oshirilgan inkvizitsiya va salb yurishlari xato bo‘lganini tan olib, ras- man kechirim ham so‘radi. 1992-yilda Papa Ioann Pavel II o‘z paytida Galileo Galileyning haq bo‘lganini tan olib, barchadan uzr so‘ra- gani ham bunga misol bo‘la oladi. Rossiyadagi jome masjidi Fransiyadagi jome masjidi Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling