Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Maxatma 
Gandi


118
yoshlarga ingliz, koreys tilini, kompyuterda 
ishlashni o‘rgatish bahonasida o‘quv kurslari ochish va 
mazkur joylarda o‘z diniga targ‘ib qilish;
– xorijga o‘qishga, ishga yoki chet el fuqarosi bilan 
oila qurish uchun jo‘natish bahonasidan foydalanish;
– bolalar va o‘smirlarni yoz faslida tog‘li hududlar-
dagi dam olish lagerlariga jalb qilish va shu yerda ta’sir 
o‘tkazish; 
– xayriya yordami ko‘rsatish (pul, dori-darmon
kiyim-bosh, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish), uy 
ta’mirlashda ko‘mak berish davomida missionerlik ha-
rakatlarini olib borish;
– bepul tibbiy yordam ko‘rsatish bahonasida bemorga 
ta’sir o‘tkazish;
– bepul ovqat tarqatish;
– ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga echki, si-
gir olib berish, bayram kunlari mahallalarda bolalarga 
sovg‘alar tarqatish, «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida 
bayram stollari tashkil etish.
Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasining mu-
rakkab ekologik holat mavjud hududlarida «ichimlik 
 TARIXGA NAZAR
Missionerlarning faoliyati sababli XX asrning 70-yillarida AQShning 
San-Fransisko shahrida Jim-Jons ismli shaxs tomonidan asos solin-
gan «Xalq ibodatxonasi» nomli tashkilot faoliyati natijasida 912 kishi, 
AQShning Texas shtatida Devid Koresh tomonidan shakllantirilgan 
«Dovud avlodi» nomli sekta faoliyati oqibatida 100 ga yaqin, AQSh da 
paydo bo‘lgan «Osmon darvozasi» sektasi a’zolaridan 60 dan ortig‘i, 
Ugandada yuzaga kelgan «Xudoning o‘nta buyrug‘ini qayta tiklash ha-
rakati» sektasi a’zolarining 1000 dan ziyodi o‘z joniga qasd qilgan.
Agar o‘qi-
sang-u o‘yla-
masang —
chalkashib 
qolasan. Agar 
o‘ylasang-u 
o‘qimasang — 
shubha-gumon-
lar tagida qolib 
ketasan.
Konfutsiy


119
suvini yaxshilash», «bola va onalarning salomatligini 
mustahkamlash» kabi ko‘rinishidan hayrli maqsadlarga 
yo‘naltirilgan dasturlar doirasida aholi ichida missioner-
lik faoliyati olib borishga qaratilgan harakatlar ham ku-
zatilgan. 
Mamlakatimizda missionerlik harakatlari, ya’ni bir 
diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritish-
ga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek 
bosh qa har qanday faoliyat man etilishi qonun hujjat-
larida belgilangan bo‘lib, bu ishlar bilan shug‘ullangan 
shaxslarni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 
1. Birinchi xalqaro missionerlik tashkiloti qachon va qayerda tuzil-
gan?
2. Bugungi kunda qaysi din izdoshlari missionerlik faoliyatida 
yetakchilik qilmoqda?
3. Hozirgi kunda xristian missionerlarining diqqat-e’tibori qaysi hu-
dudga qaratilgan?
4. Sizningcha, missionerlik faoliyati qanday zararli oqibatlarga olib 
keladi?
5. 116-betdagi rasmlarga diqqat bilan qarang va missionerlar faoliya-
tining inson hayotiga ta’siri to‘g‘risida hikoya qiling.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
hamda Jinoyat kodekslaridan missionerlik va prozelitizm bilan 
bog‘liq noqonuniy harakatlar uchun qanday javobgarlik belgilan-
ganligini aniqlang.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling