Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

IJODIY 
FAOLIYAT
1989-yil voqealari


122
vakillari yashab kelmoqda edi. Mamlakat milliy tarki-
bining asosiy qismini esa o‘zbeklar tashkil etardi. 
Ana shunday vaziyatda ko‘p konfessiyali mamlakati-
mizda dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash 
dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Bag‘rikenglik haqida gapirilganida bu xalqimizning 
azaliy fazilati ekanligini ta’kidlash zarur. Qomusiy al-
loma Abu Rayhon Beruniy xristianlik ta’limotini o‘rga-
nar ekan, Bibliyaga kirgan to‘rtta Injil haqidagi ma’lu-
motlarni keltirib, ular orasidagi farqlarni ham tahlil 
qilib bergan. Uning yozishicha, Xuroson mit ropolitining 
qarorgohi Marv shahrida bo‘lgan. Bu esa o‘sha davr-
larda musulmon aholisi bilan birga xristian jamoasi 
ham emin-erkin o‘z ibodatlarini amalga oshirganligini 
ko‘rsatadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayot-
gan turli e’tiqod vakillari ham diniy bag‘rikenglik 
g‘oyalarini yoqlaydilar. Masalan, Toshkent va O‘rta 
Osiyo yeparxiyasi sobiq rahbari, mitropolit Vladimir 
shunday fikrni ilgari suradi: «Pravoslavlik va Islom ikki 
xil dunyoqarashni o‘zida mujassam etgan dinlar ekani-
Imom Abu Mansur Moturidiy (870-944) Qur’oni karimning «Haj» 
surasi, 40-oyatini tafsir qilib shunday deydi: «Cherkov va sinagogalarni 
vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmonlar yurtida shu 
davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida 
ixtilof yo‘qdir». Bu bilan olim musulmonlar boshqa din vakillari bilan 
bir jamiyatda birgalikda tinch hayot kechirishlarida muammo bo‘lishi 
mumkin emasligini ta’kidlaydi.
TARIXGA NAZAR
«Sizlar bilan 
dinda urush 
qilmagan o‘zga 
din vakillari 
bilan bordi-keldi 
qiling, ular bilan 
adolatli muomala 
qiling».

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling