Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Abdulla 
Qahhor


115
Afrika qit’asida missionerlik
Masalan, Afrika va Osiyo mintaqasidagi qator 
mamlakatlarda missionerlik va prozelitizm tub aholi-
ning diniy tarkibidagi muvozanatni buzishi oqibatida 
turli din vakillari orasida doimiy mojarolarning kelib 
chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
Jumladan, Afrikaning shimoli-sharqiy qismida joy-
lashgan Sudan Respublikasining asosiy neft zaxiralari 
joylashgan janubiy hududlari o‘tgan asr davomida kato-
lik va protestant missionerlari tomonidan faol xristian-
lashtirilgan edi. 
2011-yili Afrikadagi eng yirik davlat hisoblangan 
Sudan Respublikasi ikkiga – musulmonlar ko‘pchilikni 
tashkil etuvchi Sudan va aholisining asosiy qismi xris-
tianlardan iborat Janubiy Sudan Respublikasiga bo‘li-
nib ketdi. Indoneziyaning xristianlashtirilgan shimoliy 
hududlari – Sumatra, Sulavesi va Molukko hududlarida 
Inson o‘zi-
ga-o‘zi bo‘ysu-
nishni va o‘z 
qarorlariga itoat 
qilish ni o‘rgan-
mog‘i lozim.
Sitseron
Sitseron «Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni o‘rganmog‘i» deganida 
nimani tushun dingiz? «O‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i» de-
gandachi? Fikringizni «Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaho-
latga qarshi ma’rifat» tamoyili bilan bo‘g‘lab tushuntiring.
IJODIY FAOLIYAT


116
Olgan bilimlaringiz asosida quyidagi rasmlarni izohlang.
IJODIY FAOLIYAT


117
muttasil ravishda musulmonlar va xristian prozelitlari 
o‘rtasida diniy nizolar asosida to‘qnashuvlar, qotilliklar, 
terrorchilik harakatlari ro‘y berib turadi.
2017-yilda musulmon aholisining soni bo‘yicha bi-
rinchi o‘rinda turadigan Indoneziyada 27324 nafar xris-
tian missionerlari faoliyat yuritgan. Ayrim yangi paydo 
bo‘lgan diniy jamoalarda izdoshlarning ongini nazorat 
qilish, xo‘rlash va hatto o‘z-o‘zini o‘ldirishga majbur-
lash holatlari kuzatilmoqda. 
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun noan’anaviy 
bo‘lgan yangi diniy jamoalarning safi asosan islom di-
niga e’tiqod qilgan tub aholi va avval pravoslav dinida 
bo‘lgan xristianlar hisobiga kengaymoqda. Dunyodagi 
barcha davlatlarda ham missionerlik qonunan man etil-
magan bo‘lib, ularda missionerlar yangi diniy jamoalar-
ning g‘oyalarini ochiq targ‘ib qilish imkoniyatiga ega. 
Targ‘ibot-tashviqot ishlari maxsus tele- va radiodastur-
lar, internet tarmog‘i, e’lon va reklamalar orqali olib bo-
rilmoqda.
O‘zbekistonda (2017-y.) ayrim diniy konfessiyalar-
ning vakillari, shu jumladan, norasmiy jamoa a’zola-
ri tomonidan diniy adabiyotlarni respublika hududiga 
olib kirish, aholi ichida o‘zlarining diniy ekspertizadan 
o‘tkazilmagan buklet, jurnal, elektron disklarini tarqa-
tish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Dinini (e’tiqodini) o‘zgartirayotgan shaxslar (pro-
zelit)larning aksariyati ushbu din aqidalarini chuqur 
tushunib qabul qilmay, balki missioner tomonidan 
qo‘llanilgan ta’sir ostida e’tiqodini o‘zgartirmoqdalar. 
Missionerlar o‘z faoliyatlarini quyidagi usullar orqali 
olib boradilar:
Bizning nafsi-
miz shunchalik 
kuchliki, uni 
ham ichkaridan, 
ham tashqaridan 
qat’iy qoidalar-
ga solgan taq-
dirdagina tiyish 
mumkin.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling