Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


120
DINIY BAG‘RIKENGLIK MADANIYATI 
VA KONFESSIYALARARO MULOQOT
25-§
XX asrning 80-yillarida yuz bergan jarayonlar, din va 
diniy qarashlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanuvchi 
ayrim aqidaparast kimsalar islom dinini himoya qilish 
niqobi ostida qo‘poruvchilik ishlari bilan shug‘ullan-
dilar. Diniy tusdagi partiyalar, diniy hokimiyat haqida-
gi g‘oyalarni tarqata boshladilar. Moddiy qiyinchiliklar 
girdobiga tushib qolgan aholining kayfiyatidan foyda-
lanib, hukumat bilan xalq o‘rtasiga nifoq solishga urin-
dilar. Namangan, Andijon, Farg‘ona va Toshkentda tur-
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish zarurati. 
2. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida (OAV) diniy 
bag‘rikenglik madaniyatining targ‘ib qilinishi.
3. Diniy tashkilotlarning nashrlari va OAVdagi chiqishlari.
MA’LUMOT UCHUN
Bag‘rikenglikning lug‘aviy ma’nosi o‘zganing sizga unchalik yoq-
maydigan jihatiga sabr va toqat qilishdir. Bag‘rikenglik (tolerantlik) 
so‘zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmun-
ga ega. Bag‘rikenglik tushunchasi chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, 
o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, 
muruv vatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi 
ma’nolarni qamrab oladi.


121
li-tuman mitingbozliklar avj oldi. Oxir-oqibatda soxta 
dindorlarning asl basharalari namoyon bo‘ldi.
XX asrning 80-yillarida xalqimizning qon-qoniga 
singib ketgan, kundalik turmush tarziga aylangan islom 
diniga qarshi kurash yanada keskinlashdi. U bid’at va 
xurofot sifatida qoralandi. 
Biroq «din afyundir» degan dahriylik shiori xalqi-
mizning qalbidagi dinga bo‘lgan imon-e’tiqodni so‘ndi-
ra olmadi.
O‘sha davrdagi respublika rahbariyati mamlakatda 
millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash 
va barqarorlikni saqlash uchun barcha chora va imko-
niyatlarni safarbar etdi. To‘planib qolgan muammolarni 
tezroq bartaraf etish uchun butun kuch va imkoniyatlar-
ni jamlab, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish ke-
rakligini uqtirdi. Bu borada zarur bo‘lgan ishlarni amal-
ga oshirdi. 
Muqaddas tuyg‘ulari toptalib, yuragi zada bo‘lib 
qolgan xalq dinga katta yo‘l ochilgani, diniy ta’limot-
ga e’tibor berilayotganini mamnuniyat bilan kutib oldi. 
Ayni vaqtda O‘zbekiston hududida o‘z madaniyati va 
an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va elat 
Bir kun urush 
chiqqan uydan 
qirq kun baraka 
ketadi.
Xalq maqoli
«Keng fe’l, 
ketmas davlat 
bersin» degan 
tilakni qanday 
tushunasiz?
«Keng 
fe’llik» degan 
tushuncha bilan 
«bag‘rikeng lik» 
tushunchasining 
o‘rtasida qanday 
bog‘liqlik bor?

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling