Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


112
XX–XXI ASRLARDA
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM
24-§
XX-XXI ASRLARDA YUZAGA KELGAN 
XALQARO MISSIONERLIK UYUSHMALARI 
XX asrga kelib missionerlik faoliyatidan siyosiy 
maq sadlarda foydalanish uchun xalqaro tashkilotlar tu-
zila boshlandi. 
Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan Edinburg missioner-
lik konferensiyasida jahon xalqlarini xristianlashtirish 
strategiyasi muhokama qilinib, missionerlar tayyorlash, 
TARIXGA 
NAZAR
1910-yili 
Shotlandiyada 
Edinburg 
missionerlik 
konferensiyasi 
o‘tkazilgan.
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. XX-XXI asrlarda yuzaga kelgan xalqaro missionerlik uyushmalari. 
2. Missionerlik geosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida. 
3. Missionerlik va prozelitizmning millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikeng likka salbiy ta’siri.
MA’LUMOT UCHUN
1970-yilda 2200 ta xorijiy missiyada 240 000 professional missioner 
faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000-yilda 4800 ta xorijiy missiyada 420 000 
missioner targ‘ibot o‘tkazib kelgan. 1970-yilda xorijiy missiyalarning 
faoliyatiga 3 milliard AQSh dollari sarflangan bo‘lsa, 2000-yilda ushbu 
ko‘rsatkich 12 milliardga yetgan. Yetakchi missionerlik markazlari qato-
rida «Missiyalar va butunjahon xristianlik maktabi» (Birmingem), «Gen-
ri Martin markazi» (Kembridj, Buyuk Britaniya), Grigorian va Urbanian 
universitetlari (Vatikan), «Xorijiy missiyalarni o‘rganish markazi»ni 
(Nyu-Xeyven, AQSh) qayd etish mumkin.


113
Bibliyani turli tillarga tarjima qilish masalalarida tur-
li uyushmalarning hamkorligi kelishib olingan. Mazkur 
konferensiya zamonaviy missionerlikning shakllanishi-
ga turtki bo‘ldi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin kolonial tizim bar-
bod bo‘lgach, missionerlikdan sobiq koloniyalarda cher-
kovlarning mavqeyini saqlab qolish maqsadida foyda-
lanildi. Jumladan, 1969-yilda Afrika qit’asida 16 ming 
erkak va 30 ming ayol missionerlar bo‘lgan. 
Missionerlar muayyan hududda o‘z faoliyatini 
yo‘lga qo‘yishda muhim mintaqalarni belgilab oladi-
lar. Jumladan, hozirgi kunda xristian missionerlarining 
diqqat-e’tibori ular tomonidan «10-40 oyna» deb atal-
gan hududga qaratilgan. Ushbu hudud shimoliy keng-
likning 10 va 40-parallellari orasidagi Atlantika okeani 
qirg‘oqlaridan Kichik va Markaziy Osiyo, Arabiston ya-
rim oroli, Janubiy Osiyoning Tinch okeani qirg‘oqlariga 
qadar cho‘zilgan.
Ushbu hududda aholisining aksariyat qismi islom, 
buddaviylik, konfutsiylik va hinduiylik dinlariga e’tiqod 
Bevafolik 
qilmasang ahli 
vafo topilur. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling