Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


-Mavzu: Islomning asosiy manbalari. (2 soat)


Download 351.46 Kb.
bet43/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

6-Mavzu: Islomning asosiy manbalari. (2 soat) 


Reja: 
1. Qur’on – islomning muqaddas kitobi. 
2. Hadislar islom dinining Qur’ondan keyingi manbai.
3. Sharqning buyuk muhaddislari. (Imom al-Buxoriy, at – Termiziy) 
4. Tasavvuf ta’limoti. (Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya, Mavlaviya tariqatlari)


Islom dinining asosiy manbalari. Diniy manba tushunchasi shundan iboratki, jahon 
xalqlarining tarixiy taraqqiyotida vujudga kelgan va asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, ularning
e’tiqodiga aylangan har bir yirik dinlarning muqaddas yozuvlari (kitoblari) Alloh tomonidan 
in’om etilgan deb qaraladi. Ana shu muqaddas kitoblar dinlarning manbalari hisoblanadi.
Qur’on islomning muqaddas kitobi sifatida Allohning mo‘‘jizali kitobi bo‘lib, er yuzi 
musulmonlarining dasturamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’on Muhammad Payg‘ambarga
vahy orqali tushgan tilovat ibodat hisoblanuvchi muqaddas kitobdir. 
Ana shunday kitoblarni Alloh boshqa payg‘ambarlarga ham o‘z vaqtida nozil qilganligi
haqidagi fikrlar ma’lum. 
Qur’onda boshqa ilohiy yozuvlar bir yo‘la tushgan deb hisoblansa, Qur’oni karim 23 yil
mobaynida Alloh farishta Jabroil orqali Muhammad payg‘ambarga vahy qilib yuborgan, so‘ngra 
ular to‘planib xalifa Usmon hukmronligi davrida mushaf qilingan.
SHunday qilib, islom dini shakllangan davrdan boshlab Qur’oni Karim islom dinining 
asosiy manbasi bo‘lib kelayotir. Islom manbalaridan yana biri sunnadir. Sunna islomda
Qur’ondan keyingi, uni to‘ldiruvchi islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida e’tirof 
etilgan.

VII-IX asrlarda islom ta’limotining tobora keng yoyilishi bilan turli diniy jamoa va 


davlatlar o‘rtasida diniy huquq, qonun-qoidalarni tartibga solish zaruriyati tug‘ildi. Bunda
Qur’on va hadislarga asoslangan shariat va uning manbalari-fiqh va qiyos vujudga keldi. 


SHariat (arabcha to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik demakdir)-islom diniy huquq
qonun qoidalari va me’yorlari majmuasidir. Ayni paytda shariat tushunchasi nafaqat islom diniy 
talablarini, balki diniy marosimlar, oila, nikoh va taloq masalalari, tijorat, iqtisodiy, mulkiy
munosabatlar, musulmonlarning shaxsiy va ijtimoiy hayotiga xos ko‘p masalalarni o‘z ichiga 
oladi.

Fiqh-musulmon huquqi sifatida shariatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Fiqh
shariatning g‘oyaviy va amaliy harakatlari, tavsifi sifatida musulmonlarning turmush qoidalari va 
ijtimoiy qarashlarini ifodalaydi.


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling