Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim


Download 44.14 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi44.14 Kb.
#1683958
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad Sodiq Koshg‘ariyning pedagogik qarashlari


Mavzu:Muhammad Sodiq Koshg‘ariyning pedagogik qarashlari
Reja:



  1. Muhammad Sodiq Koshg`ariy buyuk siymolardan biridir.

  2. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari

  3. “Odob as-solihin” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Mahmud Koshg`ariy (to`liq ismi - Mah­mud ibn al-Husayn ibn Muhammad al- Qoshg`ariy) - XI asrda yashab o`tgan Muhammad Issiqko`l bo`yidagi Barsxon shahrining amiri bo`lgan. Keyinchalik Xitoyning Qashqar shahriga ko`chib o`tgan va shu yerda 1029-yilda o`g`li Mahmud dunyoga kelgan.


Mahmud Koshg`ariyning hayoti to`g`risida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Ammo shu narsa ma’lumki, Qoraxoniylar avlodiga mansubligi Mahmudga yoshlik davridayoq dastlab tug`ilgan shahrida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Nishopur va Bagdod shaharlarida chuqur bilim olish imkoniyatini bergan.
Mahmud Koshg`ariy bolaligidanoq turli tillarga, ayniqsa, turkiy qabilalar tillari, folklori va etnografiyasiga juda qiziqqan. Shuning uchun ham u hayoti davomida uzoq sayohatlarda bo`lgan va tashrif buyo`rgan shahar va qishloqlaridagi taassurotlarini, turli urf-odatlar, afsonalar, maqollar va tarixiy hikoyalarni yozib olib, turkiy qabilalariing tili va shevalariga oid ma’lumotlarni qog`ozga tushirgan.
Manbalarga ko`ra, Janubi-G`arbiy Osiyoning bir qator shahar­larida bo`lgan Mahmud Koshg`ariy Bag`dodda bir necha yil yashagan va bu yerda arab tili va adabiyotining eng nozik xususiyatlarini o`rgangan. Ammo turkiy tillarning xususiyatlarini o`rganish maqsadida olim bir necha yillar mobaynida «Rumdan Mochingacha» - O`rtayer va Qora dengiz bo`ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, tur­li qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan.
Bu haqda Koshg`ariy shunday deb yozib qoldirgan: «Men turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar, qirgizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim, turli xil so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki ushbu qabilalar tillarining ma’no va shakliga oid xususiyatlarni va ulardagi kichik farqlarini aniqlash uchun amalga oshirdim... Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar va qirgiz qabilalariniig tillari butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga soldim».
Uzoq muddatli safarlari natijasida to`plangan tarixiy, lingvistik, geografik va etnografik ma’lumotlarni tizimlashtirgan Mahmud Koshg`ariy 1072-1074-yillar davomida Xitoy va Mo`g`ulistondan tortib to Vizantiyagacha bo`lgan hududda yashovchi 30 ga yaqin turkiy qabilalariing XI asrdagi hayoti, ya’ni tili, urf-odatlari va turmush tarzi nuqtai-nazaridan qimmatli bo`lgan buyuk asari «Devonu lug`otit turk»ni (Turkiy so`zlar lugati, bundan keyin «Devon») yaratdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ko`pgina zamondoshlaridan farqli o`larok Mahmud Koshg`ariy o`z asarini arab tilida emas, balki turkiy tilda yozgan. Manbalarda ko`rsatilishicha, olim ushbu asarini bir necha bor tahrir qilib, 1077-yilda Halifa Muqtadirga taqdim etgan.
«Devon»da turkiy xalqlarning folkloriga oid materiallar marosim qo`shiqlari, eposlar, tarixiy xotira va afsonalar keng yoritilgan. Shuningdek, bu asarda tibbiyot, astronomiya, geografiya va etnografiyaga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Sharqshunos olimlarning fikricha, «Devon» XI asrdagi turkiy xalqlar hayoti, ular madaniyatiga oid turli predmetlar, turmush tarzi, etnonimlari, toponimlari, urug`-qabila munosabatlari, urug`chilikka oid tushunchalar, turli mansabdor shaxslarning unvonlari, oziq-ovqat maxsulotlari, uy va yovvoyi hayvonlari, chorvachiligi, geografik terminologiyasi, shaharlari, kasalliklarning nomi va dori-darmonlari, metall va minerallari, harbiy, sport va ma’muriy sohaga oid tushunchalari, turli tarixiy va afsonaviy qahramonlarining nomlari, diniy, etnik marosimlari va hatto, bolalar o`yinlari haqida to`liq ma’lumot beruvchi yagona axborot manbai hisoblanadi.
Mahmud Koshg`ariy «Devon»ni yaratish jarayonida o`z oldiga faqat turkiy tillarga oid so`zlarni o`rganishni maqsad qilib qo`ygan. Shu bois olimning umumiy turkiy tillarni o`rganish, til shevalarining qiyosiy grammatikasini to`zish, folklor va etnografiya sohasidagi xizmatlari benihoya katta. Shu bilan birga Koshg`ariy turli tabiiy fanlar terminologiyasini, jumladan, geografik terminlarni yaratish ishiga ham katta hissa qo`shgan. «Devon»dan Mahmud Koshg`ariyning bebaho geografik merosi - tabiiy geografik terminlar, joy nomlari va ularning izohi, asarga ilova qilingan dunyo xaritasi, O`rta Osiyoda ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi aholi geografiyasiga, astronomiyaga doir taqvim tizimi, muchallar va ularning tarixiga oid muhim ma’lumotlar o`rin olgan.
«Devon»ga XI asrda yaratilgan dunyoning noyob xaritasi ilo­va qilingan va unda turkiy qabilalar yashaydigan va boshqa yerlar ko`rsatilgan. Ushbu xarita bitta doiradan iborat bo`lib, uning asosiy qismi hozirgi sharqiy yarimsharga to`g`ri keladi. Manbalarga ko`ra, xaritaning arabcha bosma nusxasining diametri 24 sm, o`zbekcha nusxasiniki esa 18 sm ga teng.
Mahmud Koshg`ariy xaritasining qiziq tomoni shundaki, unda ba­land tog`lar yoki yirik daryolar qalin chiziqlar bilan, kichikroqlari ingichka chiziqlar bilan ko`rsatilgan. Xaritaning aylanasiga to`q yashil rang doira chizilganki, uni ko`rgach, yer yuzini hamma tarafdan okeanlar o`rab olgan, degan tasavvur hosil buladi. Bu esa xarita muallifi Mahmud Koshg`ariyning kartografiya qonuniyatlaridan yetarli darajada xabardor bo`lganligidan dalolat beradi.
Taqdir taqazosi bilan «Devon» to`g`risida M.Koshg`ariyning zamondoshlari va undan keyin yashagan olimlar biror bir ma’lumot yozib qoldirishmagan. Asarning asl nusxasi saqlanib qolmagan va undagi ma’lumotlar Koshg`ariy zamonidan 200 yil o`tib, kitobni 1266-yilda qayta ko`chirgan xattot (kitob ko`chiruvchi) Muhammad ibn Abubakrning sharofati bilan bizgacha yetib kelgan.
Oradan sakkiz asr o`tib, 1904-yilda Vengriya Fanlar Akademiyasi tomonidan «Devon» ilk bor nashr etilgach, ushbu asar lingvistlar, tarixchilar, geograf va etnograflarning diqqat e’tiboriga tushdi. Oradan o`n yil o`tgach, 1914-yilda Istanbul bozorida asarning aslidan ko`chirilgan nusxasini qadimiy qo`lyozmalar ishqibozi Ali Amiriy bir kitobfurushdan tasodifan sotib olgan. Mazkur qo`lyozma 319 varaqli katta bir jilddan iborat bo`lib, varaqlari titilib, yirtilib ketgan bir holatda edi. Shuning uchun ham Ali Amiriy turkshunos hamda eski kitoblarni ta’mirlovchi usta Rifat Kilasliga ushbu qo`lyozmani tartibga keltirishni topshiradi. R. Kilasli «Devon»dan nusxa olib, uning birinchi va ikkinchi kitobini 1915-yilda va uchinchi kitobini 1917- yilda Istanbul shahrida chop ettirgan. Xuddi ana shu vaqtdan boshlab «Devon»ni turli jixatdan keng tadqiq etish ishlari boshlanib ketgan.
Asarni til nuqtai-nazaridan o`rganish va chop etish bilan juda ko`p mutaxassislar shug`ullanishgan. Jumladan, nemis olimi K. Brokkelman asardagi terminlarni alifbo asosida ifodalab, ularning nemis tilidagi tarjimasini chop qildirgandi. Turk oli­mi Bosim Olatoy 1914-yilda qo`lyozmaning nusxasini turk tiliga tarjima qilgan va uni 1934-1943-yillar davomida uch tomli kitob qilib Ankarada nashr ettirgan. 
O`zbek tilshunos olimi Solihqori Mutallibov «Devon»ning matnini va mazmunini 1960-1967-yillar davomida chuqur o`rganib, o`zbek tiliga to`liq tarjima qilgan. Bu tarjima turkshunos tadqiqotchilar uchun katta imkoniyatlar to`g`dirib, ularning ishini ancha yengillashtirdi. Asarning uyg`ur tilidagi tarjimasi Xitoyda nashr qilingan bo`lsa, Ozarbayjon olimi A.Demirchizodaning ma’lumotiga ko`ra, «Devon» Ozarbayjon tiliga ham tarjima qilinib, chop etilgan.
Mahmud Koshg`ariy 1101-yilda 72 yoshida vafot etgan. Uning maqbarasi hozirgi Xitoyning Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni Shufu okrugidagi Vupar shaharchasida joylashgan.
Mahmud Koshg`ariyning «Devon»i qomusiy asar bo`lib, u til va adabiyot, geografiya, kartografiya, astronomiya, etnografiya va boshqa bir qator fanlar nuqtai- nazaridan qimmatli ma’lumotlarni o`zida aks ettirgan. Shu bois ham turli soha vakillari Koshg`ariyni «o`zlariniki» deb hisoblashadi. Darhaqiqat, olimning yozgan «Devon»idagi ma’lumotlarni ko`rib, beixtiyor «Koshg`ariy geografmi yoki filolog, etnografmi yoki kartograf», degan savol tug`iladi. Bu esa Koshg`ariyni o`z zamonasining yetuk qomusiy allomasi bo`lganidan dalolat. Shuning uchun ham Sharqshunos N. Baskakov Mahmud Koshg`ariyni «turkiy tillarni qiyoslash borasidagi yo`lchi yo`lduz», deb atagan bo`lsa, yana bir taniqli filolog-Sharqshunos A. Samoylovich olimni «XI asrning Radlovi», deya ta’riflagan edi.

Mahmud Koshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi.


Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Koshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf boʻla boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan oʻlkalarda turkiy elatlar namoyondalari koʻpayib, turkiy tilga eʼtibor oshgan edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devonu lugʻatit turk” kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan boʻlgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlagan. Asarning asosiy matni oʻsha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va Oʻrta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan boʻlib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Mahmud Koshgʻariy Balasogʻunda tugʻilib, shu yerda yigitlik chogʻlarini kechirgan boʻlsa ham, uzoq yillar “Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afgʻonistonga qadar choʻzilgan” turkiy oʻlkalarni, turkmanlar, oʻgʻuzlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini oʻrgandi, ularni adabiiy til bilan chogʻishtirdi, oʻz ishi uchun nihoyatda boy material toʻpladi. Lugʻat tuzishda arab tilshunoslari yaratgan aʼanadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.
Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “De-vonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning qoʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Koshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik dos-ton, ishqiy qoʻshiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, sheʼrlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshgʻariy devonida keltirilgan VIII – XI asrlarga oid turkiy sheʼriyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga oʻtish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy sheʼriyat na-munalarida ishlatilgan boʻlib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday sheʼrlarni muallif oʻzi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq sheʼriyatida keng tarqalgan boʻlib, bu bahr ohangi turkiy sheʼriyat tabiatiga mos kelishidan boʻlsa kerak.
“Devon”dagi epik doston-qoʻshiqlar koʻproq jangnoma xarakterida boʻlib, baʼzi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Oʻygʻurlar bilan jangnoma”, Yabaku bilan jangnoma” deb nom qoʻyilgan. Ular oʻz mazmuniga koʻra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglar tasvirlangan epik rivoyatlariga oʻxshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa sheʼriy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mehr va qahr tuygʻulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, oʻzaro nizo-adovatlardan oʻkinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi gʻoyaning yetmasligi ushbu qoʻshiqlar koʻproq islomdan ilgarigi ogʻzaki sheʼriyat namunalari zkanidan darak beradi. Qadimgi epik qoʻshiqlardan “Devon”da saqlangan ikki yirik asar koʻpchilikning diq-qatini tortib keladi. Bulardan biri “Ali Er Toʻnga marsiyasi” va ikkinchisi – “Qish va yoz” munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda maʼlum maʼnoda turkiy el oʻzining sevimli qahramoni, xoqoni va yoʻlboshchisigagina emas, boy berilgan imkoniyatlari, parchalangan elati, tushkunlikka yuz tutgan turkiy imperiyadagi maʼnaviy yoʻlsizlik holatiga ham koʻz yosh toʻkadi, motam qiladi. Bu qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodidagi “yigʻi” janrining adabiylashgan namunasi desa boʻladi. “Qish va yoz” munozarasi turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan birinchi yorqin namunasi boʻlib, unda turkiy elatlarning butun tabiati, yashash, tafakkur tarzi, sevinchlari, qaygʻulari batafsil aks etgan. Ayniqsa, tabiatga mehr goʻzal ifoda topgan. Asar majoziy tasvirlar, tashbehlar, istioralar, jonlantirish va yengil kinoyalarga boy. Uni oʻqiganda chorva-dor turkiy elatlar hayoti, faoliyati, tabiiy muhit koʻz olidingizda yaqqol gavdalanadi:
Alin topu yashardi, Urut oʻtin yashirdi, Koʻlning suvin kushardi, Sigir buva mungrashur.
Mazmuni:
Togʻ boshlari yashardi, Qurugʻ oʻtni yashirdi, Koʻl suvlari toshurdi, Sigir, buqa maʼrashur.
Bu bahor tasviri. Qish tasviri aksincha:
Keldi asin asnayu, Qozqa toʻpal usnayu. Kirdi budun qusnayu, Kara bulit koʻkrashur.
Mazmuni:
Keldi shamol huvillab, Boʻron boʻlib gʻuvillab, Xalq titrashur uvillab, Qora bulut guldirar.
Bu manzaralar chorvadorlar hayoti uchun islomdan oldingi davrda ham, keyinchalik ham xarakterli edi. Bu janrda jangaoma va marsiyalar singari dramatizm ruhi juda kuchli. Shu bilan birga romantik surur ham mavjud.
Devonda islom davr sheʼriyati asosan ishqiy, falsafiy-didaktik, madhiyaviy qasida va sheʼr namunalari bilan namoyon boʻlgan. Unda ham mazmun, ham shakliga koʻra Ahmad Yugaakiy dostoniga asos boʻlgan toʻrtliklarni eslatuvchi “aaba” qofiyali oʻn bir hijoli par-chalar uchraydi:
Yagʻa erur yoʻliguqin nangi tavar, Bilig eri yigʻisin nelik sevar, Tavar yigʻib suv aqin indi saqin, Qoʻrum kabi izisin qoʻdi suvar.
Mazmuni:
Dushman erur insonga molu tovar, Olim odam yovini qanday sevar, Mol yigʻishni sel kelish deb Mol egasini tosh kabi yumalatar.
“Devon”dagi birgina madhiyaviy qasidadan parcha ayol kishiga – malikaga bagʻishlangan. U tashakkurnoma yoʻsinda yozilgan boʻlib, aruz vaznining “munsari” bahriga toʻgʻri keladi. Falsafiy-didaktik qasida va masnaviylar pandnoma yoʻsinida boʻlib, turkiy elatlar maʼnaviyatiga xos boʻlgan bunday yoʻnalish “Devon-”da koʻproq aks etgan. Ularda ilm oʻrganish tashviq etiladi, jaholat, kibru havo qoralanadi, saxovat va himmat, mehmondoʻstlik ulugʻlanadi, mol-dunyoga hirs qoʻyish, baxillik va ochkoʻzlik fosh qilinadi, ota-onani hurmatlash, ularning soʻziga quloq osishga daʼvat etiladi. “Devon”da mardlikni ulugʻlash, hushyorlikka, dushmandan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi baytlar ham pand-nasihat qato-rida uchraydi:
Bilga eran savlarin algʻil oʻgut, Ezgu savi ezlasa oʻzga singar. Ardagi tila oʻgraning, boʻlma quvaz, Ardashsizin – oʻgunsa angma angar.
Mazmuni:
Olim kishi soʻzidan olgil oʻgit, Ezgu soʻzni eshitsang dilga singar. Ilm-hikmat oʻrgangin, boʻlma qaysar, Himmati yoʻq maqtanchoq yoʻl yoʻqotar.
Bu ilm-hunarga tashviq, olimga hurmat haqida boʻlsa, quyidagi bayt mehmondoʻstlik xususida:
Kelsa qali yagʻligʻ boʻlib yoʻnchigʻ uma, Kelur anigʻ boʻlmish anigʻ tutma uma.
Mazmuni:
Kelsa agar xonang uzra gʻarib mehmon, Bor narsanshi oddiga qoʻy, boʻl mehribon.
“Devonu lugʻatit turk”da keltirilgan qasida va qatralar mazmun jihatdan oʻsha davrning turkiyzabon shoiri Yusuf Xos Hojib dostoni mavzulari bilan juda uygʻundir. Shu jihatdan kam undagi parchalarni Ahmad Yugaakiyning “Hibat ul-haqoyiq”iga va Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari orasidagi davr sheʼriyatiga mansub ekanligini tan olish mumkin. Hatto dunyoning oʻtkinchi va bevafoligi, inson taqdirining oʻzgaruvchanligi haqidagi misralar ham bu tasavvurni taʼkidlab turadi:
Koʻzum yapsh savruqub quzi aqar, Bilnib ajun emgagin tugal uqar, Emgaksizmi turgʻu yoʻq munda tamu, Ezgulugug koʻrmazib ajun chiqar, Ajun quni yoʻdduzi tutchi tugʻar.
Mazmuni:
Koʻzim yoshi tirqirab quyi oqar, Anglab dunyo gʻamini tugal uqar, Mashaqqatsiz hayot bunda aslo, Ezgulikni koʻrmasdan ulur bigar, Tugʻilgan zot dunyoda mangu porlar.
“Devon”da, oz boʻlsa-da, dunyoning yaratilishiga oid, yaʼni kos-mologik mavzudagi satrlar ham uchraydi:
Tangri ajun toʻrutti, Chigʻri uzu tazginur, Yulduzlari chargashib, Tun-kun uza yurganur. Yaragti yashil chash, Savurdi urung qash, Tizildi qaraqush, Tun-kun uza yurganur.
Mazmuni:
Tangri olam yaratti, Falak doim aylanur, Yulduzlari saflashib, Tun-kun uzra burkanur. Yaratti yashil osmon, Yudduzlar yoʻli samon, Qoraqush yulduz-mezon, Tun-kun uzra burkanur.
“Devon”dagi sheʼrlarning badiiy saviyasi yuqori ekanligi, ularni yaratgan shoirlarning juda maʼlumotli boʻlgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekanligi olimlar tomonidan taʼkidlanadi.
Mahmud Koshgʻariy asarida dunyo xaritasi doira shaklida chizib koʻrsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasogʻun, Shosh, Oʻzgan, Isfijob, Margʻinon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador koʻrsatilgan. XI asr jugʻrofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova kilinishi Koshgʻariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.
Xulosa qilib aytganda, Mahmud Koshgʻariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, toʻplash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-joʻgʻrofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan maʼlumotlar VIII – XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham ogʻzaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai boʻlgani sababli imkon doira-sida batafsil tavsif etildi.
“Devonu lugʻatit turk”ni oʻsha davrlarda Markaziy Osiyo minta-qasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Bu asar ustida tadqiqotlar olib borgan Fitrat, S. Mutallibov, I. V. Stebleva, V. V. Reshetov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov kabi olimlar Mahmud Koshgʻariyni qadimgi turkiy tillarni oʻrganishga buyuk hissa qoʻshgan oʻz davrining oʻta bilimdon olimi ekanligini taʼkidlaydilar. “Devonu lugʻatit turk” 3 tomda oʻzbek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Koshgʻariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan oladi.

Download 44.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling