Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim


Beadab tanho na xudro dosht bad, Balki otash dar hama ofoq zar.54 (Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi, Balki butun dunyoga o’t qo’yadi)


Download 44.14 Kb.
bet3/4
Sana21.09.2023
Hajmi44.14 Kb.
#1683958
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad Sodiq Koshg‘ariyning pedagogik qarashlari

Beadab tanho na xudro dosht bad,
Balki otash dar hama ofoq zar.54
(Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi,
Balki butun dunyoga o’t qo’yadi).
Shunday ekan, har bir inson zohiriy hamda botiniyni bilib, unga amal qilishi zarurligi va bu odob qoidalarini muo’’tabar kitoblardan jam ekanligini aytadi. So’ng yuqorida ta’kidlaganimizdek, insonning barkamol bo’lib etishishida kundalik turmushida zarur botiniy va zohiriy odob qoidalari: salomlashish va ruxsat so’rash, muloqot odobi, uxlash va yo’l yurish, suhbat ahlining o’zini tutishi, er-xotin odorbi, tozalik va ozodalik qoidalari, mehmon kutish, ziyofat va ovqatlanish odobi, safar
qoidalari bayon etiladi.
Turkiston mintaqasida naqshbandiya tariqati keng tarqalgani bois asarda tasavvuf ahliga tegishli ko’rsatmalar ham yoritib o’tilganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ayni paytda, bu ko’rsatmalar xalqimiz kundalik turmush tarziga singib ketganini kuzatish mumkin. Bu kitob Turkiston xalqi orasida katta shuhrat qozongan va ilm ahli orasida qadrlanib, keng istifoda etilgan. Bu davrda barcha adrasalarda majburiy fan sifatida "Qur’on", "Tafsir", "Odob as-solihin", "Sabot ul-ojizin", "Hadis" o’qitilardi.
Asarda keltirib o’tilgan odob-axloq me’yorlarining batafsilligi va "ashobi shari’at
va arbobi tariqat kutubi mo’’tabarlaridin jam’ qilingan"ligi uning ishonchli va qimmatli manba ekanligini namoyon etadi.
Masalan, milliy-diniy qadriyatlarimizning ajralmas qismi "aql (eyish), sharob (ichish) va ziyofat (mehmon kutish)" odobida o’ttizta, "salomlashish" odobida o’n ikkita koidani tartib bilan sharxlab, keltirib, o’tgan. Ulardan makruh, mustahab va farz hisoblangan amallar Xadislarga asoslangan holda yoritilgan.
Jumladan, asarning birinchi bobining uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalari (ko’rsatma) ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, ammo ko’rishganda qo’l uchi bilan emas balki, astoydil ikki qo’lni berib ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etilgan.
Bu o’rinda qo’l berib ko’rishishlik haqida Payg’ambar (s.a.v.)dan quyidagi hadis vorid bo’lgan: "Qo’l berib ko’rishish bilan salomlashish mukammal bo’ladi". Kitobning uchinchi bobida suhbatlashish odobi bayon etiladi-ki, bu odob qoidalariga inson har bir daqiqada rioya etishi zarur. Bulardan, ahli suhbatga noloyiq xatti harakatlardan qochish maqsadida axli jamoaning xotirjamligini buzganlarni chetlashish buni imo-ishora bilan tushuntirish, suhbatda pinakka ketmaslik (uxlamaslik), o’zgalardan o’zini yuqori tutish, suhbatdoshining so’zini bo’lmaslik, sukut saqlashni ham me’yoriga etkazish, deb ortiqcha takallufga zo’r bermaslik, hamsuhbati bilan bahs qilmaslik, ammo tortishish mumkinligi, g’azab ketganda uni to’xtata olish, ortiqcha
qiziqchilik hazil-mutoyiba, xushomadgo’ylik qilmaslik, bunda me’yordan oshirmaslik,
kamsituvchi laqablar qo’ymaslik, axli suhbat orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar
tushunmaydigan tilda pichirlamaslik, pinhona so’zlashganda boshqa hamrohining quloq
solmasligi, bu qoidalar har bir kishining kundalik turmushida zarur bo’ladi talablari
hisoblanadi Masalan, bu bobda o’ttiz uchta qoida keltirilgan bo’lib, ulardan ba’zilarini
keltirib o’tamiz:
- majlisda odob va hurmat birla o’lturg’ay va ikki kishini o’rtasiga berizo borib
o’ltirmagay;
- ahli suhbat kirgan va chiqqan vaqtda o’rnidan turg’ay;
- o’zini beadabona so’zdan va fe’lidin yomon xarakatdin va nohamvor (noo’rin
sukunatdin saqlag’ay;
- ahli suhbatdin hech xizmatni ko’z tutmagay va hech kimga ximmat buyurmagay;
- agar birodari fisqega mubtalo bo’lsa xilvatda nasihat qilgay;
- suhbatda pinakka bormagay;
- majlisda o’zini o’zgalardin mumtoz qilmag’ay;
- bir kishi so’zlab turgan vaqtda so’zlamagay, to so’zinim tamom qilmag’uncha;
- ko’p ham so’zlamag’ay;
- hamsuhbatlarig’a ko’b mazah va mutoyiba qilmag’ay. Va haddi e’tidol (o’rtacha
hol)da ish tutg’ay;
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob assolihin” asari yoshlarning barkamol ma’naviy yuksak, ektuk axloqli bo’lishlarida katta
ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu asarni to’lig’icha o’rganib, undagi so’zlarni,
o’ziga me’zon qilib olsa va amal qilsa ma’naviy etuk inson bo’lib tarbiyalanishiga
poydevor bo’lib hizmat qiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Bizgacha uning “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.
O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g’oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishdagi o’rni va roli borasida batafsil so’z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari muallifning o’zi ta’kidlab o’tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo’lib, har bir bob o’zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko’zda tutilgan maqsad borasida so’z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g’oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko’rishish, qo’l olishish hamda ruxsat so’rash qoidalari to’g’risida ma’lumotlar berishga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur bob to’rt fasldan tashkil topgan.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o’n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o’rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo’yilgan. Muallifning fikriga ko’ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning e’tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug’ kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o’ltirguvchiga, ozchilik ko’pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o’tirgan kishilarga salom bergay”, deb ta’kidlar ekan, bir kishi ko’pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo’lib salom berishi, ko’pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e’tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta’lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, “Kim oldin salom berishi kerak?”, degan muammoning yechimini topgandek bo’lamiz.
Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, lekin qo’l uchi bilan emas, astoydil, biroq qo’lni silamay, ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko’rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko’rishish, o’pib ko’rishish odoblari bayon etiladi.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so’z yuritiladi. Bizga yaxshi ma’lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo’’tadil kechishini ta’minlovchi asosiy va o’ta muhim omillardan biri bo’lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag’ishlangan asarlar mazmunidan alohida o’rin olgan. «Odob as-solihin» asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o’ziga xos jihatlari borasida batafsil so’z yuritadi.
Mazkur o’rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o’zi uylanmoqchi bo’lgan qizni ko’rmog’i, uylanadigan qizning bokira bo’lishi, shuningdek, to’rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo’lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o’z isbotini topgan bo’lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo’lishini kafolatlovchi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” asarida, kasal holini so’rash, ta’ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo’lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo’lmaydi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o’rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. Shu bois SHarq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari kabi o’z o’rni va mavqeiga ega.
Mahmud Koshg`ariy (to`liq ismi - Mah­mud ibn al-Husayn ibn Muhammad al- Qoshg`ariy) - XI asrda yashab o`tgan Muhammad Issiqko`l bo`yidagi Barsxon shahrining amiri bo`lgan. Keyinchalik Xitoyning Qashqar shahriga ko`chib o`tgan va shu yerda 1029-yilda o`g`li Mahmud dunyoga kelgan.
Mahmud Koshg`ariyning hayoti to`g`risida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Ammo shu narsa ma’lumki, Qoraxoniylar avlodiga mansubligi Mahmudga yoshlik davridayoq dastlab tug`ilgan shahrida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Nishopur va Bagdod shaharlarida chuqur bilim olish imkoniyatini bergan.
Mahmud Koshg`ariy bolaligidanoq turli tillarga, ayniqsa, turkiy qabilalar tillari, folklori va etnografiyasiga juda qiziqqan. Shuning uchun ham u hayoti davomida uzoq sayohatlarda bo`lgan va tashrif buyo`rgan shahar va qishloqlaridagi taassurotlarini, turli urf-odatlar, afsonalar, maqollar va tarixiy hikoyalarni yozib olib, turkiy qabilalariing tili va shevalariga oid ma’lumotlarni qog`ozga tushirgan.
Manbalarga ko`ra, Janubi-G`arbiy Osiyoning bir qator shahar­larida bo`lgan Mahmud Koshg`ariy Bag`dodda bir necha yil yashagan va bu yerda arab tili va adabiyotining eng nozik xususiyatlarini o`rgangan. Ammo turkiy tillarning xususiyatlarini o`rganish maqsadida olim bir necha yillar mobaynida «Rumdan Mochingacha» - O`rtayer va Qora dengiz bo`ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, tur­li qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan.
Bu haqda Koshg`ariy shunday deb yozib qoldirgan: «Men turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar, qirgizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim, turli xil so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki ushbu qabilalar tillarining ma’no va shakliga oid xususiyatlarni va ulardagi kichik farqlarini aniqlash uchun amalga oshirdim... Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar va qirgiz qabilalariniig tillari butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga soldim».

Download 44.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling