Dinshunoslik” fanidan
Download 1.1 Mb.
|
3-MUSTAQIL ISH DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- QABUL QILDI:. MAMATQULVA D.
- О‘zbekistonda konfessiyalararo bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari.
- О‘zbekistonda shomonlikning zamonaviy kо‘rinishlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI“DINSHUNOSLIK” FANIDAN 3-MUSTAQIL ISHI BAJARDI: DASTURIY INJINIRING YO’NALISHI DI-12-22 GURUH TALABASI ARAPOV OZODBEK QABUL QILDI:. MAMATQULVA D.TATU QARSHI FILIALI 2022 Mustaqil ish mavzulari:Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi. О‘zbekistonda shomonlikning zamonaviy kо‘rinishlari.Buxoro yahudiylarining diniy marosimlari va bayramlari. О‘zbekistonda konfessiyalararo bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari.Xulosa. Markaziy Osiyoga pravoslavlikning kirib kelishi.Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo’lgan. XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar. Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi. Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan ko’plab aholi evakuatsiya qilindi, pravoslaviega e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi. 1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega. О‘zbekistonda shomonlikning zamonaviy kо‘rinishlari.Shomonlik, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — diniy eʼtiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish shahrining asosini tashkil etadi. shahrida uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "aloqa bogʻlashi" hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shimoliy va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib ko'rilganlarni maxsus belgilari va ko'plab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tug'ulganlar, ya'ni shamanlarning oltinchi barmog'i bo'lishi lozim edi. Shomonlar qo'shiq, musiqa, rassomchilik, raqs, so'zamonlik va haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qo'shiqlari davolash va jodulash hususiyatiga ega bo'lgan. Ular o'tib ketgan ajdodlari arvoxlariga sig'inishgan. Ulardan madad so'rashib qurbonlik marosimlarini o'tkazishgan. Ularning asosiy ish qurollari,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur bo'lgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar bo'lgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab o'lgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni ko'rishimiz mumkun va bu ish qurollari doim qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling