Dinshunoslik fanining predmeti, baxsi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
7.ДИНШУНОСЛИК ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ.Ўзбекистонда Виждон эркинлиги (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Totemizm
Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus
marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo‘yilar edi. Bularning bari o‘z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Ov qilish. Bizga ma’lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma’lum bo‘lgan bu g‘orlardagi suratlarning ko‘pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o‘zlari va hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o‘rtasidagi vositachilar, ya’ni turli xildagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan. 1. Totemizm. Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan 9 hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo‘lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin. Urug‘dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo‘ldi. «O‘zimizniki», ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo‘ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Bu totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko‘rinishlarni evolyusion xarakteriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropofomorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya’ni odam vafot etgach uning o‘z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ldi. Birinchi tomondan buning hammasi o‘tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan totemga bo‘lgan munosabatlarni o‘zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu - ta’qiqlash tizimi paydo bo‘ldi. Ulardan eng muhimi totemni ovqat sifatida is’temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm urug‘chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi. Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma’ruzada aytib o‘tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling